Bugun OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Moxun Bagan” bahsi bo‘lib o‘tadi. "Ajdarlar" Qarshida Hindiston klubini qabul qiladi.
Uchrashuv 20:00da boshlanadi. O‘yinni "Uzreport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Stadionga muxlislar kirishiga ruxsat berildi. Chiptalar bugundan sotuvga chiqdi. Chiptalarni faqat o‘yingoh kassalaridan sotib olinishi mumkin. Tomoshabinlar cheklangan holda stadionga qo‘yiladi.