“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

"Roma"ning kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng Shomurodov tanqid ostida qoldi!

20 sen, 09:29 2 265 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Roma"ning kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng Shomurodov tanqid ostida qoldi! A Seriyaning to‘rtinchi turida “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ilk marotaba Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. UYEFA Konferensiyalar ligasi va A Seriyaning uchtadan uchrashuvida portugaliyalik murabbiy shogirdlari raqiblar ustidan ishonchli g‘alaba qozongani rimlik muxlislarning “Verona”ga qarshi bo‘ladigan bahsda ham ijobiy natijaga umid qilishiga asos edi.

Bir qarashda, “Roma” bir vaqtning o‘zida ikki hujumchi – Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam bilan o‘ynagandek ko‘rinadi. Lekin Joze o‘z taktikasidan voz kechmadi. Markaziy hujumchi sifatida angliyalik yulduz o‘ynadi, Eldor asosan chap qanot yarim himoyachisi vazifasini bajardi. Bu taktika ish bermadi.

Shu kungacha Mourino jamoasining qahramonlari bo‘lib kelgan Eldor ham, Abraxam ham mavsumdagi ilk mag‘lubiyat qayd etilgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmadi. Jamoa 2:3 hisobida yengildi, buning oqibatida shu kungacha maqtab kelingan “Roma” hujum chizig‘i vakillari tanqid ostida qoldi.

“Roma” muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam o‘yini borasida bildirayotgan fikrlarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola qilamiz.

Luca Bemportato: Rasvo o‘yin bo‘ldi. Menimcha, boshlang‘ich tarkibni tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydik. Shomurodov markaziy hujumchi sifatida foydaliroq o‘ynarkan. Uni chap qanotda o‘ynatish befoyda ekan.

Giuseppe Agnelli (Luca Bemportato fikriga javoban): Qaysidir ma’noda shunday. Agar Shomurodov o‘yin boshidan ikkinchi hujumchi sifatida raqib darvozasiga yaqin o‘ynaganida “Verona” jarima maydonchasida ularga katta bosim uyushtirgan bo‘lardi.

Alessandro Monti: Shomurodovdan ko‘p narsa kutgan edim, afsus. UYEFA Konferensiyalar ligasida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi bu gal maydonda yo‘qolib qoldi.

Gianluca Lattavo: Bu uchrashuvda hujumchilarimiz o‘yindan tashqarida qolib ketdi. Shomurodov va Abraxam bir bo‘lib faqat bitta zarba berdi xolos. Bu ikki hujumchi uchun umumiy hisobda 60 million yevro to‘lagan edik.

Emanuele Cestari (Gianluca Lattavo fikriga javoban): Biz ikki nafar “yangi Shik”ni olganga o‘xshaymiz. Darvozani to‘g‘ri nishonga ololmaydigan ikkita hujumchiga bir necha o‘n millionlab mablag‘ sarflaganmiz.

Riccardo Giancone (Gianluca Lattavo fikriga javoban): Faqat hujumchilarni tanqid qilish yaramaydi. Bu gal butun jamoa yomon o‘ynadi.

Giancarlo Della Monica: Hujumchilarimizning ikkalasi ham bo‘sh o‘ynadi. Shomurodov Abraxamdan farqli ravishda himoyaga qarashdi, raqibdan to‘pni olib qo‘yishga harakat qildi. Abraxam hali ham Angliyadan futbol o‘ynashni bilmaydigan bir qishloqqa keldim, deb yuribdi. Bu yog‘iga u yarim kuchi bilan to‘p tepmoqchi bo‘lyapti.

Alessandro Artimisio: Shomurodov chap qanot xavbeki sifatida “yo‘qolib qoldi”. Menga xuddi bu pozitsiyada avval o‘ynamagandek ko‘rindi.

Shu tariqa, “Roma” A Seriyada ilk bor ochko yo‘qotib, birinchi o‘rindan pastlay boshladi. Mourino va shogirdlarining g‘alabali seriyasiga chek qo‘yildi. “Roma” beshinchi tur uchrashuvida o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qiladi. Bu bahs 23 sentabrga belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 200
  • U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi! 30 apr, 00:43 374
  • Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor" 30 apr, 00:32 366
  • Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda? 30 apr, 00:03 737
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 33
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • Bo‘limlar