“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:27
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik"

16 sen, 22:05 2 141 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Tajribali va kuchli jamoaga qarshi maydonga chiqdik. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi ustunligimizni oxirigacha ushlab qola oldik. Darvozamizdan gol o‘tkazgan bo‘lsak-da, g‘alabani saqlab qoldik. Istaymizmi-yo‘qmi yigitlarning xayolida keyingi uchrashuvga tayyorgarlik bo‘ladi. Vaziyatlar yaratishda raqibdan ancha ustunlik qildik. Bir nechta vaziyatlarda Ignatiy Nesterov juda yaxshi harakat qildi. G‘alaba bilan barchani tabriklayman", – deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Kecha o‘rinbosarlar jamoasida Shahboz Nuriddinov juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Uchta gol bilan xet-trikka erishdi. Ushbu futbolchini keyingi turlarda sinab ko‘rasizmi?
- Albatta. Bilasizlar, o‘rinbosarlar jamoasining har bir uchrashuvini ko‘rgani boraman. Yoshlarni barchasini kuzatyapmiz. O‘sadiganlarni asosiy tarkibga jalb qilamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu. Shahboz Nuriddinov haqiqatdan ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Ularning barchasi e’tiborimizda.

- OFK kubogi oldidan jamoaning kayfiyati qanday? Raqibni qay darajada o‘rgandinglar?
- Raqib jamoa ishtirokidagi ikkita uchrashuvni to‘liq ko‘rib chiqdim. Juda ham tajribali jamoa. Kuchli legionerlar yig‘ilgan. Hindistonning eng yirik, boy, yetakchi klublaridan biri hisoblanadi. Barchasini yigitlarga ko‘rsatamiz.

- Bugun Husayn Norchayevni zaxiraga olib, legioner xizmatidan foydalandingiz. Ushbu ikki futbolchining tandemini qanday baholaysiz?
- Ba’zi o‘yinlarda birga harakat qilishmoqda. "Turon" bilan o‘yinda ham yomon to‘p tepishmadi. Bugun raqibni va navbatdagi bahsni hisobga olgan holda bitta hujumchi bilan o‘ynashga qaror qildik. Futbolchilarning tayyorgarligiga va imkoniyatiga qarab, yana foydalanamiz.

- Uchrashuvdan so‘ng Ignatiy Nesterov bilan iliq xayrlashdingiz, lekin u sizga nimanidir tushuntirishga harakat qildi. Norozi kayfiyatda ko‘rindi...
- Norozi emas. Yosh futbolchilaringiz juda ham tajovuzkor harakat qilyapti, dedi. Futbol kurashlarga boy bo‘lishi kerak. Qayerdadir yoshlarimiz noto‘g‘ri harakat qilgan bo‘lsa, uzr so‘rayman. Baydullayev yoki Nesterov, deb kurashmaslik noto‘g‘ri-ku. Erkin Baydullayev o‘z vaqtida jamoamizda yetakchi bo‘lgan. Futbolchilar bilan munosabatimiz yaxshi. Bir-birimizga omad tiladik.

- Muhim uchrashuv oldidan yo‘qotishlar yo‘qmi?
- Ba’zi bir yoshlarimizda kichik jarohatlar bor. O‘ylaymanki, o‘yingacha tiklanishadi. Darvozabonning jarohati jiddiy. Moskvada ko‘rikda bo‘lib qaytadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 98
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar