“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

Konferensiyalar ligasi: Shomurodov ertaga SSKAga qarshi asosiy tarkibda tushadimi?

15 sen, 21:35 3 286 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Konferensiyalar ligasi: Shomurodov ertaga SSKAga qarshi asosiy tarkibda tushadimi? Shu kunlarda “ko‘hna qit’a” jamoalari UYEFA shafe’ligida o‘tkazilayotgan uch turnir – Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar ligasida g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Roma” Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidagi bahslarga kirishadi. Legionerimiz avvalroq, jurnalistlarga bergan intervyusida jamoaning joriy mavsumdagi vazifasi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferensiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritish ekanini ta’kidlagandi.

O‘tgan mavsumda A Seriyada yettinchi o‘rinni egallagani uchun ushbu turnirda qatnashayotgan “Roma” pley-offning oxirgi raundida Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasi bilan kuch sinashib, ikki uchrashuvda ham zafar quchdi – 2:1, 3:0. Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov debyut o‘yinida turklar darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, javob o‘yinida gollardan biriga katta hissa qo‘shdi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik muxlislarning ko‘pchiligini Eldor Shomurodovning “Roma”dagi holati qiziqtirmoqda. Shomurodov Rim klubiga qo‘shilishi bilan asosiy tarkibga loyiq o‘yin ko‘rsata boshladi. Biroq Rimga qimmat transferli futbolchi Temmi Abraxamning kelgani hamyurtimizning imkoniyatlarini chegaralab qo‘ygani bor gap.

Joze Mourino asosan bir hujumchi bilan o‘ynamoqda va bu taktikada maydonga “Chelsi” vakili tushirilishi kafolatlangan. Eldor o‘ziga berilgan 10-20 daqiqa ichida ham jamoaga foyda keltirishga ulgurmoqda. Xususan, A Seriyaning uchinchi turida Shomurodov “Sassuolo”ga qarshi 74-daqiqada o‘yinga tushirilgan bo‘lsa-da, g‘alaba goliga assistentlik qildi va Mourinoning yubiley – 1000-uchrashuvida tarixiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Ko‘pchilik mutaxassislar Mourino Konferensiyalar ligasi va Italiya kubogi doirasidagi uchrashuvlarda Temmi Abraxam o‘rniga Eldor Shomurodovga ko‘proq imkoniyat berilishini kutyapti. Har holda, futbolda shunday tajriba ko‘p qo‘llaniladi.

Konferensiyalar ligasining “S” guruhidan joy olgan “Roma” 16 sentabrga belgilangan dastlabki turda o‘z maydonida Bolgariyaning SSKA jamoasini qabul qiladi. Bu ikki jamoa o‘z guruhidan keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

Uchrashuv oldidan rimliklarning imkoniyati yuqori baholanyapti. Chunki “Roma” mavsumni yuqori darajada boshladi va ketma-ket beshta rasmiy uchrashuvda g‘olib chiqdi. Raqiblar darvozasiga jami 14 ta to‘p kiritdi va uchta bellashuvda bittadan gol o‘tkazib yubordi.

Stoyko Mladenov bosh murabbiylik qilayotgan SSKA klubi musobaqaning guruh bosqichiga ancha qiynalib chiqdi. Sofiyaliklarning Latviyaning “Liyepaya” jamoasiga qarshi ikki bahsida hisob ochilmadi va SSKA penaltilar seriyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Keyingi bosqichlarda bolgariyaliklar “Osiyek” (Xorvatiya) va “Viktoriya” (Chexiya) jamoalarini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ortda qoldirib, guruh bosqichiga yetib keldi.

Milliy chempionatda SSKA hozircha to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

“Roma” va SSKA xalqaro maydonda bir bora o‘zaro to‘qnash kelgan. Ustunlik sofiyalik “armiyachilar” tomonida. 2020 yili Yevropa Ligasi guruh bosqichida bolgariyaliklar o‘z maydonida rimliklarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Olimpiko” arenasidagi uchrashuvda esa hisob ochilmagan.

Konferensiyalar ligasining “S” guruhida bu ikki jamoadan tashqari Ukraining “Zarya” va Norvegiyaning “Bude-Glimt” klublari ham o‘rin olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar