“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:04
ЎЗO‘Z

Joze Mourino: Eldor Shomurodov «Roma»ga kelishi bilan o‘zini ko‘rsatdi

18 avg, 15:53 2 335 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Joze Mourino: Eldor Shomurodov «Roma»ga kelishi bilan o‘zini ko‘rsatdi Foto: Instagram / Eldor Shomurodov
«Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino rimliklarning yangi hujumchisi Eldor Shomurodov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Eldorni nega sotib oldik, chunki bizga harakatchanlik, tezlik va hujumdagi mobillik kerak edi. Bu transferdan juda mamnunmiz. Oxir-oqibat reaksiya aql bovar qilmas darajada bo‘ldi.

Buni ko‘pchilik kutmagandi, chunki hozirgi qiyin transfer bozorida bunday futbolchini qo‘lga kiritish yaxshi natija.

U kelgan kunidan ikki kun o‘tib o‘zini ko‘rsatdi. «Betis»ga qarshi o‘yinda yaxshi harakat qildi, ikkita golda qatnashdi va biz qanday futbolchi qo‘lga kiritganimizni ko‘rsatib qo‘ydi
", - deydi «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino.

Shomurodov rimliklarning «Betis»ga qarshi nazorat o‘yinida (2:5) gol urdi. «Raja» klubiga qarshi o‘yinda (5:0) esa bitta gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor 2019/20 yilgi mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar