“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:11
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov debyut golini urgan o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» yirik hisobda yutqazdi

08 avg, 09:16 3 847 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov debyut golini urgan o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» yirik hisobda yutqazdi
Foto: «Roma» FK
Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarini o‘tkazayotgan «Roma» jamoasi 7 avgust kuni «Betis»ga qarshi nazorat bahsida qatnashdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Rodri Sanches ispanlarni oldinga olib chiqdi.

27-daqiqada Eldor Shomurodov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va rimliklar safidagi debyut golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Betis» Nabil Fekirning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida italyanlar standart vaziyatdan keyin muvozanatni tikladi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pga Shomurodov boshi bilan zarba berdi va darvoza to‘sinini nishonga oldi. Qaytgan to‘pni Janluka Manchini bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

58-daqiqada Aleks Moreno ispanlarning uchinchi golini urdi. Shundan so‘ng «Roma»ning uch vakili qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Lorenso Pellegrini 59-daqiqada, Manchini 65-daqiqada, Rik Karsdorp esa 78-daqiqada chetlatildi. Shuningdek, 60-daqiqada rimliklar ustozi Joze Mourino ham qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Shomurodov 67-daqiqada zaxiraga olindi. 80-daqiqada Kristian Telyo to‘rtinchi golni urgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Rober Gonsales yakuniy hisobni o‘rnatdi. Qayd etish joiz, mazkur o‘yin rasmiy maqomga ega emas.

«Betis» Ispaniya — «Roma» Italiya 5:2
Gollar:
1:0 – 4 Rodri, 1:1 – 27 Shomurodov, 2:1 – 30 Fekir, 2:2 – 51 Manchini, 3:2 – 58 Moreno, 4:2 – 80 Telyo, 5:2 – 83 Gonsales.
«Betis»: Ruy Silva, Moreno, Ruis, Sabali (Montoyya, 17), Edgar Gonsales, Rodri (Vilyam Karvalyu, 72), Kanales (Guardado, 52), Ruibal (Xoakin, 73), Akuoku (Gonsales, 72), Fekir, Iglesias (Telyo, 73).
«Roma»: Ruy Patrisiu (Fuzato, 70), Manchini, Smolling (Rojer, 46), Kalafyori, Karsdorp, Pellegrini, Diavara (Veretu, 46), Mxitaryan (ash-Shaaravi, 46), Kristante (Bove, 46), Zaniolo (Karles Peres, 63), Shomurodov (Kumbula, 67).
Ogohlantirishlar: Karsdorp (12), Pellegrini (37), Mxitaryan (41), Zaniolo (53), Manchini (58).
Chetlatishlar: Pellegrini (59), Manchini (65), Karsdorp (78).




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar