“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:10
ЎЗO‘Z

OFK kubogi. «Nasaf» turkman klubi bilan Qarshida o‘ynaydigan bo‘ldi

07 iyul, 08:00 2 605 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK kubogi. «Nasaf» turkman klubi bilan Qarshida o‘ynaydigan bo‘ldi
OFK Kubogi 1/8 final bahslari sanasi va mezbonlari ma’lum bo‘ldi. Qarshining «Nasaf» klubi 1/8 final o‘yinini 25 avgust kuni Turkmanistonning «Ahal» klubiga qarshi o‘tkazadi. Turkman jamoasi o‘yinni o‘z maydonida qabul qila olmasligini bildirgach, mezbonni aniqlash uchun qur’a tashlashga hojat qolmadi va OFK o‘yin Qarshida o‘tishini ma’lum qildi.

1/8 finaldagi g‘alaba Ro‘ziqul Berdiyev jamoasini Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri yarimfinalga olib chiqadi. Chunki janub (Maldiv, Hindiston, Bangladesh) va ASEAN (Vetnam, Tailand, Kamboja, Filippin) jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yinlari mezbon hudud topilmagani hamda koronavirusning avj olishi tufayli o‘tkazilmadi.

OFK musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi turnirni qatorasiga ikkinchi yil qoldirishni xohlamadi va o‘yinlarni Janub/ASEAN mintaqasi klublarisiz davom ettirishga qaror qildi. Natijada endi chorakfinal bo‘lmaydi va «Nasaf»da Qarshidagi g‘alaba orqali yarimfinalga yo‘l olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

«Nasaf» «Ahal»ni mag‘lub etib yarimfinalga chiqsa, 20 oktabr kuni Honkongning «Li Man Uorriors» klubi bilan bilan to‘qnash keladi. G‘olib bir o‘yinda aniqlanadi va mezbon qur’a tashlash orqali ma’lum bo‘ladi.

Qarshiliklar finalga chiqqan taqdirda safarda harakat qilishadi. 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yin birinchi «setka»da g‘olib bo‘lgan arab jamoasi («Muharraq», «Al Ahad», «Kuvayt», «As Salt»dan biri) maydonida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, «Nasaf» 2011 yil OFK kubogida chempion bo‘lgan. Bu o‘zbek klublarining xalqaro maydondagi yagona rasmiy chempionligi hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar