“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:04
ЎЗO‘Z

«O‘zbekiston futbol klublarini tarqatib yuborish tarafdoriman»

19 iyun, 14:00 5 011 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekiston futbol klublarini tarqatib yuborish tarafdoriman»
Shu kunlarda o‘zbek futboli masalasi «trend»ga chiqib ketdi. Terma jamoaning sharmandali mag‘lubiyati,  «Paxtakor» futbolchilarining olayotgan maoshi oshkor qilinishi ko‘pchilikda turli xil munosabatlarni yuzaga keltirmoqda.

Ayniqsa, yoshi o‘tib qolgan legionerning Toshkent klubidan yiliga 1,3 million yevro olishi, shuncha pul sarflanayotgan futbolimiz biror kattaroq natijaga erisha olmayotgani e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmad domla bu jarayonga shunday izoh berdi: «Agar shu pullarga zavod-fabrikalar qurilsa, haqiqatda Respublika iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir qiladi. Bu bitta klubning xarajati. Men O‘zbekiston futbol klublarini tarqatib yuborish tarafdoriman».

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov esa milliy jamoamiz xuddi jamiyatimizdek ekanini ta’kidladi.

«Muvaffaqiyatsizliklar – xulosa qilish emas, aybdorni bilish uchun kerak.
Kamchiliklar – e’tirof etish, muhokama qilish va birga yechim izlash emas, bir-birimizni haqorat qilish, yerga urish yoki kamsitish uchun kerak.

Futbolchilarimiz kabi, aholimizning katta qismiga ham rivojlanishga imkoniyat izlashdan ko‘ra, oson pul topish yoki aybdorni aniqlab yuqoriga shikoyat qilish qulayroq bo‘lib qoldi...

Istaganingizcha shikoyat qiling, haqorat qiling, masxara qiling... O‘zingiz o‘zgarmaguningizcha atrofingiz o‘zgarmaydi!
Milliy jamoamiz ham hech qayerga bormaydi!», – degan Alisher Qodirov.

Iqticodchi Otabek Bakirov futbol klublari xarajatlari yuzasidan shunday fikr bildiradi:
«Bir narsani doim eslatish kerak: davlat ishlatadigan har bir so‘mning muqobil xarajatlari bor. Bir narsaga pul ishlatish – boshqa narsaga pul ishlatmaslikka teng. Biz jamiyat sifatida qayerga o‘z pullarimizni ishlatishni hal qilishimiz kerak bo‘ladi.

Muammo qaysidir dardi yo‘q futbolchiga ikkita maktabning puli to‘lanayotgani yoki parazit o‘zbek futboli va uning buzuq basharasi bo‘lgan jamoa uchun bir necha o‘n milliard mablag‘ sarflanayotganida emas. Muammo butun boshli iqtisodiy kontekstning, tanlangan taraqqiyot modelining buzuqligida».




Mavzuga oid yangiliklar
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar