“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:05
ЎЗO‘Z

"Sherlar"ning OCHLdagi ishtiroki va O‘zbekiston terma jamoasi haqida Shota Arveladze bilan suhbat

19 iyun, 12:12 2 966 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Sherlar"ning OCHLdagi ishtiroki va O‘zbekiston terma jamoasi haqida Shota Arveladze bilan suhbat
Foto: Sports.uz
O‘zbek futboli murabbiydan "kuydi". Endi yangi mutaxassis izlash va uning faoliyatiga bir necha yil aralashmaslik lozim. Chunki o‘zini hurmat qilgan murabbiy atrofdagi "beminnat yordam beruvchi"larni xushlamaydi. Ulardan biri "Paxtakor"dagi faoliyati bilan o‘zbek futboliga yaxshi tanish bo‘lgan Shota Arveladze.

Biz gruziyalik mutaxassisga O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "sherlar"ning xalqaro maydondagi salbiy natijalari to‘g‘risida savollar berdik. Quyida Arveladze bilan uyushtirilgan intervyuni o‘qish imkoniyatiga egasiz:

– Assalomu alaykum, Shota Yustinovich! Ahvollaringiz yaxshimi?
– Va alaykum assalom. Rahmat!

– "Paxtakor"dan ketganingizcha ancha bo‘ldi. Ketish oldidan takliflar ko‘p edi. Nima uchun hamon biror klubda ish boshlamadiz?
– "Paxtakor"dan keyin dam olishni xohladim. Yangi klub masalasiga kelsak, Yevropada mavsum endi yakunlandi. Osiyoda ham deyarli shunaqa, ayrim mamlakatlarni hisobga olmasak. Hozir takliflar bor, ular orasidan eng yaxshisini tanlayman.

– "Paxtakor"da yana nimalarni o‘zgartirmoqchi edingiz-u vaqt yetmay qoldi?
– Biz ko‘p narsani ijobiy tomonga o‘zgartira oldik. Chempionat ham ancha yaxshilandi. Bir tomondan hammasi yaxshi lekin o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan ishlar ham bor edi. Hozir bular haqida gapirishni istamayman.

– Superligani kuzatib boryapsizmi? Bu mavsum qaysi jamoalarni chempionlik uchun kurashgadi deb o‘ylaysiz?
– To‘g‘risini aytsam, bu mavsumni kuzatmayapman. OCHL bahslarini qoldirmay ko‘rdim.

– "Paxtakor" bu mavsum OCHLda juda omadsiz ishtirok etdi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
– Menimcha, "sherlar"ga biroz omad yetishmadi. Sababi, "Paxtakor" juda oson guruhdan joy olgandi.

– Xabaringiz bo‘lsa kerak yaqinda "Paxtakor"da rahbariyat o‘zgardi. Ijtimoiy tarmoqlarda yangi rahbarlar sizni yana "sherlar" safiga chorlagani haqida xabarlar chiqdi. Bu rostmi?
– Yo‘q! Menga "Paxtakor"dan hech qanday qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. Klubda hozir professional insonlar ishlamoqda.

– O‘zbekiston terma jamoasi bu safar ham mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi. Bu sizni ajablantirdimi?
– Saralashni bu qadar erta yakunlaydi deb o‘ylamagandim. Sabablar ko‘p. O‘ylashimcha, hamma harakat qilishi lozim. "Paxtakor" yoki yana 1-2ta klub kuchaygani bilan natijaga erishish qiyin. Jahon chempionatiga chiqish uchun ko‘p narsalarni o‘zgartirish kerak va uni to‘g‘ri amalga oshirish zarur.

– Agar terma jamoadan taklif bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytasizmi?
– Bu qiyin savol. Qolaversa, hozir terma jamoaning o‘z murabbiyi bor. Bu haqda gapirish odobdan emas.

Jaloliddin Qobiljonov suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 141
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 127
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar