“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:30
ЎЗO‘Z

Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani

17 iyun, 22:30 4 952 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng o‘yinga oid turli fikrlar yangramoqda. “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizayev ham Vadim Abramov qayerda xatoga yo‘l qo‘ygani borasida gapirib o‘tdi.
- Vadim Abramov yaxshi murabbiy. Hozir hamma unga tosh otishni boshladi. Tarkibni ham yomon tanlamadi. Faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘sh tomoniga e’tibor qaratmadi. Ya’ni himoya chizig‘iga to‘g‘ri tanlov bo‘lmadi.

Misol uchun, Farruh Sayfiyevni zaxirada ushlab turish uchun bo‘lsa ham olish kerak edi. Shuningdek, Anzur Ismoilovni ham. Chunki o‘yinning borishiga qarab o‘zgartirishi mumkin edi. Eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani, hamma futbolchilarni o‘z pozitsiyasida o‘ynatmagani. Bir marta Odil Ahmedov sal yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, yana nimadir o‘ylab topish shart emasdi.

Ahmedov Saudiyaga qarshi bahsda hujumchi ortida yaxshi o‘ynardi. Xavfli vaziyatlardan samara chiqarardi. Masharipov o‘z qanotiga o‘rgangan. Barcha o‘z chizig‘ida suvdagi baliqdek his qiladi. Terma jamoada 9 yildan beri o‘ynamayotgan Vagiz Galiulin o‘ng tomonga qo‘yilishi juda katta xato edi. Doston Hamdamov bor... Yoki Farruh Ikromov. Ikromovni ko‘zi yonib turgandi. Shu bolada tavakkal qilsa bo‘lardi. Shunda murabbiy tavakkal qildi, deb o‘ylardik. Odil Ahmedovni o‘rtaga qo‘yib, o‘rniga Islom Qobilovni, Odil Hamrobekov o‘rniga Ikrom Aliboyevni tushirish kerak edi.

Agar barcha futbolchilar o‘z chiziqlarida harakat qilganida, nima bo‘lgan taqdirda ham hozir ko‘pchilik Abramovni emas o‘yinchilarni ayblardi. Meni xafa qilgan tomoni, futbolchilarning ham ko‘ngli to‘lmadi. Nega meni bu yerga qo‘yding, deb Masharipov xafa, nega ortga qaytarding, deb Ahmedov xafa... futbolchilar o‘z pozitsiyalarida o‘ynaganida aytardik, eng yaxshi tarkibni olib keldi, lekin raqibga kuchi yetmadi, deb. Barchasi o‘z o‘rnida bo‘lganida fikrimcha, biz keyingi bosqichga chiqardik. Balki Abramov qahramonga aylanishi mumkin edi.

Eksperimentlarni Yaman bilan uchrashuvda qilish kerak edi, Masharipovni tushirmasdan. Chunki Yaman oxirgi o‘rinni olganidan keyin mag‘lubiyatga uchragan taqdirimizda ham bu bellashuv hech narsa bermasdi (oxirgi o‘rindagi jamoaga qarshi uchrashuvlardagi natijalar bekor qilinishi nazarda tutildi). Kuchli jamoaga qarshi bahsda bir narsalar qildi, tushunmay qoldim. Yaman bilan o‘yindan so‘ng ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi, futbolchilarimizning o‘yini qovushmadi. O‘yini qovushmay turganda yana futbolchilarni boshqa joylarda sinab ko‘rib, boshiga balo qildi. Mana endi yaxshi murabbiy yomonga aylandi. Hamma uni yerga uradi, - dedi Murod Rizayev.
Bekzod Isayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar