“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:12
ЎЗO‘Z

JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi va’da berdi

05 iyun, 10:45 9 580 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi va’da berdi
Ertaga JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuv biz uchun ahamiyatga ega, negaki har ikki jamoa O‘zbekiston joy olgan guruhda bahs olib bormoqda. Yaman terma jamoasi saralash o‘yinlariga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘ra olmadi.

Mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy notinchlik terma jamoa rejalariga ham ta’sir qildi, buning oqibatida yamanliklar shu yilning yanvar oyidan beri tuzuk mashg‘ulot yoki o‘yin o‘tkazishmadi. Bundan tashqari o‘tgan oy Yaman terma jamoasi yig‘in o‘tkazayotgan mahal bosh murabbiy Sami Al Naash COVID sabab vafot etdi.

Shundan so‘ng asosiy jamoani Ahmed Ali Qassem qabul qilib oldi. Ushbu murabbiy ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Biz Yaman xalqiga jahon chempionati saralash bahslarida bor imkoniyatimizni ishga solishga hamda o‘z o‘yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishga va’da beramiz. Biz hayotda realistmiz, shu bois qanday raqiblarga qarshi maydonga tushishni juda yaxshi bilamiz. Oldindan balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman, lekin shuni aytishim mumkin, har bir o‘yinda bor kuch bilan harakat qilamiz", - deydi yamanliklar ustozi.

Yaman terma jamoasi hozirgacha o‘tkazilgan 5ta o‘yindan 5 ochko to‘plab oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa jahon chempionati saralash bahslarida keyingi bosqichga chiqa olmaydi, biroq Osiyo Kubogi-2023ga chiqishga urinib ko‘radi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni aynan shu jamoaga qarshi maydonga tushadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 323
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 168
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 124
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 98
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar