“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:32
ЎЗO‘Z

OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

13 мая, 20:00 2 627 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?
Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi doirasida  Qirg‘izistonning “Oloy” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

- “Hammaga xayrli kun. Avvalambor barchani bugungi Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Xususan yurtdoshlarimizni bugungi muqaddas bayram bilan muborakbod etaman. Barcha ro‘zadorlarning ro‘zasini yaratgan o‘z dargohida qabul qilsin. Hammani yaxshiliklar bilan siylasin. Musobaqa haqida gapiradigan bo‘lsam, biz bu turnirga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Guruhdagi jamoalar ham oddiy jamoalar emas. Bizni qiyin bellashuvlar kutib turibdi. Lekin bunga qaramasdan biz oldinga qarab intilamiz. Ertangi bahsni ham yaxshi kayfiyatda o‘tkazishga harakat qilamiz.

- Hammamizga ma’lum, O‘zbekiston chempionati markaziy Osiyodagi eng kuchlilaridan biri. Siz bu musobaqada eng asosiy raqobatchi deb qaysi jamoani aytgan bo‘lar edingiz va qaysi jamoa bilan keyingi bosqichga chiqish uchun ko‘rashardingiz?
-  Raqiblar darjasi haqida gapirmagan bo‘lardim. Chunki yaqinda biz OCHL o‘yinlarini kuzatdik. Bu musobaqada Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi barcha qatori bizni ham hayron qoldirdi. Bu jamoa o‘z o‘yini bilan ko‘plab muxlislar mehrini qozondi. Shuning uchun bu yerda futbol darajasi haqida gapirish noto‘g‘ri bo‘ladi. Biz bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Shu bois, guruhmizdagi jamoalarni qaysi biri kuchli, qaysi biri esa kuchsiz deb ayta olmayman. Guruhimizdagi to‘rtala jamoa ham bir hil darajadagi jamoalar. O‘yinlar bo‘lib o‘tmaguncha birini ajratib, ko‘rsatib bo‘lmaydi. OCHLda hamma  “Paxtakor” va “Al-Hilol” jamoalarini favorit deb bilishgandi, lekin yakunda “Istiqlol” jamoasi o‘z kuchini ko‘rsatdi. Shuning uchun barcha raqiblarga qarshi bir xil tayyorgarlik olib boramiz.

- Sizga “fors-major” savol bilan yuzlanaman. O‘zbekiston klublari o‘n yildan buyon OFK kubogi musobaqasida ishtirok etmay kelayotgandi. OFK kubogi jamoangiz uchun obro‘li musobaqa hisoblanadimi? Chunki shu paytgacha “Nasaf” ham O‘zbekistonning boshqa jamoalari ham muntazam ravishda OCHL da ishtirok etib kelayotgandi?
- Biz uchun, ha. Bilasizlar, jamoamiz O‘zbekistondagi eng yosh jamoa. Ushbu musobaqa yosh futbolchilarga tajriba to‘plash uchun qulay imkoniyat bo‘ladi. OFK kubogi muhim musobaqa sanaladi. Bu turnirda birinchi galdagi maqsad - guruhdan chiqish.

- "Nasaf" uch kundan beri o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadionda mashg‘ulot olib bormoqda. Su’niy qoplamali maydon bo‘lgani uchun futbolchilarning mushaklarida og‘riqlar kuzatilmadimi, ya’ni eski jarohatlar qaytalamadimi?
- Shu o‘rinda tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib o‘taman. Mashg‘ulotlarda hech qanday jarohat olish holatlari bo‘lmadi. To‘g‘ri, bu biz uchun noqulay. 2-3 kun ichida moslashib olishga harakat qildik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 396
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar