“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:39
ЎЗO‘Z

«Nasaf» vakili hakamlarni sotib olishga uringani uchun klub O‘FA tomonidan 50 million so‘m jarimaga tortildi

07 мая, 00:00 2 404 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Nasaf» vakili hakamlarni sotib olishga uringani uchun klub O‘FA tomonidan 50 million so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, «Nasaf» professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

«Nasaf» PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so‘m jarimaga tortildi», - deyiladi O‘FA xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Joriy mavsum boshida O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi «Dinamo» klubi vakilini ham 2020 yilda hakamni o‘z tomoniga og‘dirishga intilgani uchun jarimaga tortgandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha kelishilgan o‘yinlar va korrupsion ishlarga aralashgani uchun FIFA hakami Jasur Muxtorov 5 yil muddatga, bosh hakam Temur To‘xtasinov 2022 yilgacha, bosh hakam Asker Najafaliyevni esa 2020 yil oxirigacha futboldan chetlatilgani va har biri 90, 70 va 10 million miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar qilingan edi. Shuningdek, FIFA hakami Sherzod Qosimov ham yanvar oyida uch yilga futboldan chetlatilgandi. Shunga qaramay, O‘FA ushbu hakamlar qaysi klublar bilan kelishganini haligacha oshkor qilmay kelmoqda. Bu masalada faqatgina «Nasaf» va «Dinamo» klubi jarimaga tortildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 233
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 92
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar