“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:16
ЎЗO‘Z

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti

06 мая, 13:30 2 645 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti
Yozgi transferlar oynasi ochilishiga qisqa muddat qoldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy mavsum yakunlanishi bilan Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarga Yevropa klublaridan odatdagidan ko‘proq e’tibor qaratilishi kutilmoqda. Ayniqsa, Italiya jamoalaridan alohida faollik kutilyapti. Bunda Eldor Shomurodovning hissasi katta bo‘layotganini alohida e’tirof etish kerak.

O‘tgan yilning yozidan beri Rossiya chempionatidan A Seriyaga to‘rt nafar futbolchi yo‘l oldi. “Lokomotiv” yulduzi Aleksey Miranchuk “Atalanta”ga, “Rostov”ning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa”ga, “Spartak”da o‘zini ko‘rsata olmagan Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga va SSKAda o‘yini ochilmagan Adolfo Gaych “Benevento”ga taklif etildi.

A Seriya skautlaridan biri Aleks Velikix ayni paytda Italiya klublari  Rossiya premer-ligasining qaysi futbolchilariga qiziqayotgani va buning sabablari haqida gapirdi.  Uning aytishicha, birinchi navbatda, “Rubin” yetakchisiga aylangan Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaning xaridori ko‘p. SSKAning xorvatiyalik legioneri Nikola Vlashich ham anchadan beri katta klublar nishonida turibdi. “Zenit” g‘alabalarini ta’minlayotgan bu yilgi chempionat to‘purari eronlik Sardor Azmun ham ikki yildan beri o‘ziga bo‘lgan qiziqishni saqlab turibdi.

Shuningdek, italiyalik skautlar SSKAdagi yosh futbolchilar – Konstantin Maradashvili, Igor Diveyev va Vadim Karpovning o‘yinlarini ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Rossiya jamoalaridan A Seriyaga yo‘l olgan futbolchilar orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchni oqlab kelayotgani Shomurodovdir. Buni Aleks Velikix ham alohida ta’kidladi.  
- Shomurodovning debyut mavsumida katta muvaffaqiyatga erishayotganini alohida e’tirof etaman. Bu omil ba’zan o‘zi o‘ynayotgan chempionatda reklama qilinmagan futbolchilarga ham e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, futbolchilar uchun ham xorij chempionatlaridagi faoliyatini kamtarroq klublardan boshlagani ma’qul ekanini ham Eldorning misolida ko‘rishimiz mumkin, - dedi Aleks Velikix.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Jenoa”ning o‘ndan ziyod gollarida bevosita ishtirok etdi. O‘zbek futbolchisining o‘zi A Seriyadagi ilk mavsumida 27 ta uchrashuvda qatnashib, besh marta to‘p kiritdi va bu borada Rossiyadan kelgan o‘yinchilar orasida yaqqol peshqadam.
“Atalanta” bilan sovrindorlar qatoridan joy olishga tayyorlanayotgan Aleksey Miranchuk chempionatda 21 ta uchrashuvda o‘z nomiga uchta golni rasmiylashtirdi. Adolfo Gaych esa “Benevento”da 11 bor maydonga tushib, bir juft golga mualliflik qildi. Aleksandr Kokorin “Fiorentina”da o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. U atigi uchta o‘yinda qatnashdi xolos.

“Jenoa”da mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Eldor Shomurodovga yozda boshqa jamoalardan taklif bo‘lishi kutilmoqda. Hamyurtimizga qishki transferlar vaqtida “Yuventus”dan qiziqish bo‘lgani, Turin superklubi Shomurodov masalasida “Jenoa”ga bog‘langani haqida ko‘pchilik yaxshi xabardor. Keyinroq, katta o‘zgarishlar arafasida turgan “Yuventus” hali ham Shomurodovni o‘z nishonida ushlab turgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar chiqdi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Shomurodov o‘z o‘yini bilan Rossiya futbolida pishgan futbolchilar Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari jamoalarida ham o‘ynay olishini isbotlab berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 96
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 146
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 235
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 480
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar