“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:45
ЎЗO‘Z

Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun

06 мая, 04:22 2 236 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun
Tunda UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda "Chelsi" "Real"ni taslim etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuv haqida taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziyev o‘z "Telegram" kanalida quyidagicha post qoldirdi:

"Chelsi". Mendi eng og‘ir vaziyatlarda qutqardi. Uchta himoyachi Benzemani to‘xtatdi va Azarga o‘yin bermadi. Markazda Jorjino va Kante Modrich-Kroosdan tezroq o‘ynadi. Maunt esa Kazemironi himoyada vazifalar bilan yuklab tashladi. "Real" qanotga chiqarildi. Ikkinchi qavatni esa "Chelsi" yutib chiqdi. Himoya-hujum-himoya marshrutini "Chelsi" yaxshiroq bosib o‘tdi. Xavers va Verner joy almashib chalg‘itishdi. Tuxelning eng katta ishi "Real"ni bo‘shliqdan mahrum qildi. Chiziqlarni ajratib tashladi va bo‘linganlarni yeb tashladi. Mayda fol taktikasini samarali ishlatdi. 90 daqiqa pressing qildi. Yuksak jismoniy holat namoyish etdi.

"Real". Ramos jarohat bilan o‘ynagani sezildi. Plyus 1-taymda sariq olib uyog‘iga ehtiyot bo‘ldi. "Real" hech qo‘llamagan uslubda o‘ynadi. Markaziy himoyada 3 futbolchi. Faol qanotlar ishlamadi. Mendi hujumda, Vinisius esa himoyada yordam berolmadi. 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynaganda kerak payt yana ikkita qo‘shilib, 5 taga aylanadi. Biroq, Real aynan 3 himoyachi bilan o‘ynadi, ular ham juda sekin xarakat qilishdi.

Kazemiro Mauntga bas kelolmadi. Modrichda tezlik, Kroosda esa keskinlashtiruvchi paslar oqsadi. Azar o‘z imkoniyatining yarmini ham ko‘satmadi. Uni maydonda paytidayoq o‘yindan chiqarib yuborishdi. Benzema uch himoyachiga qarshi kurashdi. Qanotdan yordam kelmadi. Shunda ham ikkita vaziyat qildi. "Real" safida yarim final natijasiga ko‘ra bosh egmagan yagona futbolchi.

Ba’zida yarim finallar dramaga aylanadi. Oxirida janjallar chiqadi. Tomoshabinlar ham ancha vaqtgacha emotsiyani bosa olishmaydi. Lekin bu safar "Real"ning ko‘plab adekvat muxlislari ham shunchaki "Chelsi" yaxshiroq o‘ynaganini tan olishdi. Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun", - deb yozib qoldirdi Fayziyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar