“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:49
ЎЗO‘Z

Piter Xyuistra jamoaning OCHL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi

26 apr, 23:23 2 647 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Piter Xyuistra jamoaning OCHL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi
"Traktor" - "Paxtakor" o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng toshkentliklar ustozi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Murabbiyning fikricha, yetakchilarning jamoani tark etishi guruhda qolib ketishiga sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Natijadan xafamiz. Futbolchilar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Imkon qadar gol urishga harakat qildik, ammo bu samara bermadi. Raqib darvozaboni ajoyib seyv namoyish etdi. Endi so‘nggi o‘yinni yutishga intilamiz. Mavsum hali davom etadi, xatolardan xulosa chiqaramiz.

O‘tgan yili shakllangan jamoaga ega edik. Safimizni 4-5 nafar yetakchi futbolchilar tark etgani ta’sir ko‘rsatdi. Lekin yoshlar bilan yana yaxshi darajaga ko‘tarila olamiz. Iqtidorli yoshlarimiz tajriba to‘plashmoqda. Ularning mahorati o‘sib bormoqda. Biz bu qiyinchilikni yengib o‘tishimiz kerak, ushbu jamoani yuqoriroq saviyaga olib chiqishimiz zarur. Biz o‘z falsafamizga mos, hujumkor futbol o‘ynayapmiz. Lekin ba’zi jihatlar borasida bog‘lamni yaxshilash lozim. Hozir ham bir necha bahsda g‘alabaga yaqinroq edik, - dedi Piter Xyuistra.

Sanjar Quvvatov: - O‘yin qiyin kechdi, chunki yigitlarda ketma-ket bahslardan keyin charchoq sezilmoqda. Yutuqqa erishish uchun harakat qildik, ammo raqib posboni juda ajoyib o‘ynadi. Hamkasbimni olqishlayman. Ushbu musobaqada bizga omad ham yetishmadi. Ba’zi uchrashuvlarda g‘alabaga haqli bo‘lgandik. Raqiblardan ko‘proq imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Turnir men uchun ham, jamoa uchun ham ancha og‘ir bo‘ldi. Endi so‘nggi bellashuvda zafar quchishni intilamiz. Mavsumning qolgan qismida ushbu xatolardan xulosa qilgan holda yaxshi o‘ynashga urinamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 245
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 118
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 90
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 79
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar