“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:59
ЎЗO‘Z

Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi

19 apr, 09:38 2 718 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi
Belarus chempionatini yoritayotgan jurnalistlar BATE yetakchisiga aylanib borayotgan Shahboz Umarovning o‘yiniga alohida e’tibor qaratmoqda. Shahboz aslida o‘tgan yili “Energetik-BGU” tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynagan bo‘lsa-da, muxlisu mutaxassislarning nigohi to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Jasur Yaxshiboyevga qadalgan edi. Aytish mumkinki, Shahboz do‘stining soyasida qolib ketgandi.

Bu yil vaziyat o‘zgardi. Jasur Yaxshiboyev baxtini Polsha chempionatidan izlamoqda. Shahboz esa, Belarus oliy ligasida yangi mavsumning dastlabki turidan hammaning e’tiborini o‘ziga qarata boshladi. Hatto, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Belarusga borib, uning xatti-harakatlarini bevosita kuzatib keldi. Har holda jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda murakkab vaziyatga tushib qolgan terma jamoamiz uchun yangi va istiqbolli nomzod paydo bo‘lgani rost bo‘lsin.

Belarus oliy ligasining beshinchi turida Shahboz sobiq jamoasi “Energetik-BGU”ga qarshi to‘p surdi va borisovliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Mezbonlarning har ikki goliga Stanislav Dragun mualliflik qildi. G‘alaba goliga esa, Shahboz Umarov assistentlik qildi. Hamyurtimiz jarima zarbasidan jamoadoshiga to‘pni aniq yetkazib berdi va Dragun boshi bilan to‘pni darvozaga joyladi.

Uchrashuv tahlili bilan shug‘ullangan mutaxassislar legionerimiz o‘yinini yuqori baholadi.
- Ta’kidlash joizki, Umarov o‘z fintlari va to‘p bilan muomala qilish qobiliyati bilan muxlislarga ajoyib tomosha ko‘rsatdi. Uning ikki, uch, kerak bo‘lsa, to‘rt nafar raqibni turli usullarda aldab o‘tishi uchrashuvni kuzatgan ishqibozlarga juda manzur bo‘ldi. Himoyaga kuchli bosim o‘tkazdi. Raqib futbolchilari texnikasi mukammal shakllangan Shahbozni faqat futbolkasidan tortish orqali to‘xtata oldi xolos, - deb yozadi kp.by sayti tahlilchisi Sergey Shyogolov.

Albatta, Shahboz bu harakatlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bir vaziyatda Shahboz Umarov jamoadosh Stanislav Dragunning xet-trik qilishiga ko‘maklashmoqchi bo‘ldi. O‘zi qulay vaziyatda turganiga qaramay, to‘pni unga oshirdi. Biroq, Dragun bundan foydalana olmadi. Shuningdek, legionerimiz o‘tgan yilgi chempionat to‘purari Maksim Skavishni ham qulay pozitsiyaga chiqardi. Biroq, hujumchi mo‘ljaldan adashdi.

Sobiq jamoasiga qarshi faol o‘ynab, ko‘p energiya sarf qilgan Shahboz Umarov uchrashuvning 79-daqiqasida o‘z o‘rnini jamoadoshi Pavel Nixaychikka bo‘shatib berdi.

Umuman olganda, Shahboz Umarov joriy mavsumda jamoaning haqiqiy yetakchisiga, muxlislarning yoqimtoyiga aylanib bormoqda. Legionerimiz dastlabki bahslarda uchta chiroyli gol urdi va turlardan birida eng yaxshi futbolchi, deb topildi.  Bu gal jamoadoshini golli pas bilan ta’minlagan Shahboz gol+pas tizimi bo‘yicha to‘rt ball jamg‘ardi va bu borada musobaqaning eng foydali o‘yinchilaridan hisoblanadi.  

Belarus chempionatida amaldagi chempion – “Shaxtyor” yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Yana bir hamyurtimiz – Shahzod Ubaydullayev to‘p tepayotgan Soligorsk jamoasi beshta uchrashuvning barchasida zafar quchgan. O‘n bir ochko to‘plagan BATE esa, “Dinamo-Brest” bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Oliy liga jamoalari navbatdagi tur uchrashuvilarini 23 aprel sanasida o‘tkazadi. Shu kuni BATE safarda “Isloch” bilan raqobatlashsa, “Shaxtyor” Soligorskda mag‘lubiyatsiz o‘ynayotgan “Rux” jamoasini qabul qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 158
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 362
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar