“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:01
ЎЗO‘Z

Mirjalol Qosimov: Xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik

19 apr, 05:01 2 158 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirjalol Qosimov: Xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik
Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ikkita har xil bo‘limga guvoh bo‘ldik. Birinchi taymda juda bo‘sh o‘ynadik. Futbolchilarga yutuq oson keladigandek tuyuldi. Bunday munosabat esa birinchi bo‘limda jazosiz qolmadi, albatta. Taym so‘nggida standart vaziyatidan gol o‘tkazib yubordik. 

Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Qolaversa, gol ham urdik. Lekin o‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik. O‘yinga raqibni mensimagandek chiqqandek bo‘ldik. Balki men jamoani ushbu bahsga yaxshi tayyorlay olmadim. 
Qolaversa, omad biz tomonda bo‘lmadi. Hisob 2:0 ko‘rinishiga kelganida gol urdik va ikkinchi golni ham urgandik.

O‘yin taraflama ham qo‘shgandik. Menimcha, hakam xatosi tufayli golimiz bekor bo‘ldi. Lekin bu mag‘lubiyatga bahona bo‘lishi kerak emas. G‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. O‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik.
Hali oldimizda 4 o‘yin turibdi. Ishlaymiz va vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

— Har 3 kunda o‘yin bo‘layotgani tufayli futbolchilarda charchoq alomatlari bugungi o‘yinga ta’sir qildimi?
— Yo‘q, hech qanday charchoq alomatlari yo‘q. Hisobda ortda borayotganda hujum qildik, jismoniy taraflama muammo bo‘lgani yo‘q. Hamma gap miyada, fikrlashda", - dedi Qosimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 396
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar