“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:05
ЎЗO‘Z

Lionel Messi: “Sardor sifatida kubokni ko‘tarish yoqimli”

18 apr, 15:30 1 945 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lionel Messi: “Sardor sifatida kubokni ko‘tarish yoqimli”
“Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya kubogi finalida “Atletik” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Kubokni boshing uzra baland ko‘tarish yoqimli. Bugun jamoamiz uchun baxtli kunlardan biri. Bu judayam muhim sovrin, o‘zgacha jamoaning sardor sifatida buni baland ko‘tarishning o‘zgacha zavqi bor.

Biz “Atletik” aynan shu tarzda o‘ynashini bilardik. Sabr bilan harakat qilib, to‘pni o‘z nazoratimizda saqlab, vaziyatlar yaratishga intildik. Birinchi bo‘limda ko‘p harakat qildik, ikkinchisida esa raqib hujumlarimizni bartaraf etishning ilojisini topolmadi.

Ushbu g‘alabani muxlislarsiz nishonlaymiz afsuski. Ispaniya kubogida g‘olib chiqqanimizda, muxlislarimiz doim xursand bo‘lishadi.
Mavsum boshi biz uchun qiyin kechdi, keraksiz joyda ochkolarni yo‘qotdik. Keyin yaxshi o‘yin ko‘rsatib, chempionlik poygasiga qaytdik. Ammo Klassikoda kerakli natijaga erisha olmadik”, deya ta’kidlab o‘tdi “Barsa” sardori.

“Barselona” o‘z tarixida 31-marta Ispaniya kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu turnir rekordi hisoblanadi. Keyingi o‘rinda aynan finalda mag‘lub bo‘lgan “Atletik” bormoqda. Ular 23 marta ushbu musobaqada g‘olib chiqishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 222
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 140
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 60
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar