“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:32
ЎЗO‘Z

Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin"

13 apr, 08:30 2 274 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin" Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘yin o‘tkazish uchun bugun Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.
Pley-offda safarda "Al Garafa"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib qaytgan AGMK "A" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Tojikiston), "Shabab Al Ahli" (BAA) jamoalari bilan bellashadi. Biz esa bu borada oldindagi uchrashuvlar oldidan jamoaning mahoratli darvozaboni Valijon Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Pley-off doirasidagi "Al Garafa"ga qarshi o‘yin faoliyatingizdagi xalqaro maydondagi ilk uchrashuv bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda qanday hissiyotlar va kechinmalar o‘tdi?
- Ushbu tarixiy g‘alabaning shuquhi va kayfiyati hali tark etgani yo‘q. Mazkur natijadan barcha olmaliqlik va qashqadaryolik futbol muxlislari ko‘proq xursand bo‘lishdi, deb o‘ylayman. Murabbiylarimiz raqibning so‘nggi o‘yinlarini diqqat bilan o‘rganib chiqqan holda kerakli ko‘rsatmalarni berishgandi. Xudoning qudrati bilan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritdik va maqsadimizga erishdik. Endi navbat guruh bosqichi o‘yinlariga. Bevosita hissiyotlarga to‘xtaladigan bo‘lsam, Saudiya Arabistoning borishimizni barchamiz qattiq istagandik. Muqaddas ramazon oyida Makkaga yaqin joyda bo‘lish qanday baxt ekanligini o‘ylab ko‘ring. Xudoga shukur orzuimiz amalga oshadigan bo‘ldi.

- O‘tgan mavsumdagi ishonchli o‘yinlaringizdan so‘ng muxlislar sizni o‘zi uchun kashf qilgandi. Bu yil esa mas’uliyat ikki hissa yuqori bo‘lishi tabiiy. Bo‘lajak o‘yinlardagi bosim va qiyinchiliklarga tayyormisiz?
- Futbolda darvozabonda mas’uliyat nihoyatda yuqori bo‘ladi. Shuni his qilgan holda murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- AGMKning guruh bosqichidagi raqiblari kuchli va nomdor ekanligi barchaga ma’lum. Ayniqsa "Al Hilol"ni ortiqcha ta’riflash shart emas. Jamoa nimaning evaziga Saudiya Arabistoni klubidan ochko tortib olishi mumkin?
- To‘g‘ri ta’kidladingiz. "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalari qatoriga kiradi. Bu - futbol, unda hamma narsa ro‘y berish ehtimoli bor. Oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi. Murabbiylarimizni ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajargan holda, kuchli xohish hisobiga xudo xohlasa yengishimiz mumkin. Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev to‘p tepayotgan "Shabab Al Ahli" jamoasini ham kuchsiz demagan bo‘lardim. Ular yaqinda BAA Liga kubogida zafar quchishdi. Umuman olganda barcha o‘yinlar shiddatli va murosasiz kechishini oldindan taxmin qilsa bo‘ladi.

- Ushbu uchrashuvlarga tayyorgarlik qanday bo‘lmoqda?
- Yuqori kayfiyatda tayyorgarlik davom etmoqda. Biz O‘zbekiston nomidan maydonga chiqamiz. Xudo xohlasa yaxshi natijalar qayd etib, ortimizga yorug‘ yuz bilan qaytishga harakat qilamiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 1
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar