“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:53
ЎЗO‘Z

"Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi

11 apr, 19:43 3 431 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi Italiya A Seriyasining 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Jenoa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida "keksa senoralar" tezkor gol urishga erishdi. Kuadradoning uzatmasini Kulusevski golga aylantirdi. 22-daqiqada Morata oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar faol boshladi. 49-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Skamakka bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi va bahs so‘nggiga qadar harakat qildi.

"Yuventus"ning 3-goliga zaxiradan maydonga tushgan Veston Makkenni mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin Turin klubi ochokolar sonini 62taga yetkazib oldi va 3-o‘rinda qoldi. "Jenoa" 32 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Yuventus – Jenoa 3:1
Gollar:
Kulusevski (4, 1:0), Morata (22, 2:0), Skamakka (49, 2:1), MakKenni (70, 3:1).

Yuventus – Shchensni, de Ligt, Danilo, Kellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Rabo, Bentankur, Keza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).

Jenoa – Perin, Biraski (Gilone, 46), Krishito, Masello, Dzappakosta, Bexrami (Pyatsa, 46), Radovanovich, Rovella (Zays, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70), Pandev (Shomurodov, 63).

Ogohlantirish: Kuadrado (20), Kulusevski (37), Bexrami (38), Rovella (53).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar