“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:49
ЎЗO‘Z

OCHL-2021. O‘z tarixida ilk bor guruhda o‘ynaydigan AGMK taqvimi bilan tanishing

11 apr, 17:39 2 276 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OCHL-2021. O‘z tarixida ilk bor guruhda o‘ynaydigan AGMK taqvimi bilan tanishing Pley-offdan eson-omon o‘tgan AGMK o‘z tarixida birinchi marta Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslarida qatnashadi.

Safarda "Al Garafa"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib qaytgan AGMK "A" guruhiga to‘rtinchi jamoa bo‘lib qo‘shildi. Guruh uchrashuvlari 15-30 aprel oralig‘ida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo‘lib o‘tadi.

"A" guruhi (mezbon shahar - Ar Riyod):
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Shabab Al Ahli" (BAA)
"Istiqlol" (Tojikiston)
AGMK (O‘zbekiston)

Guruh taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1-tur. 15 aprel. "Shahzoda Faysal bin Fahd stadioni"
00:00. "Al-Hilol" – AGMK

2-tur. 18 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"
00:00. AGMK – "Istiqlol"

3-tur. 21 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"
00:00. AGMK – "Shabab Al Ahli"

4-tur. 24 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"
00:00. "Shabab Al Ahli" – AGMK

5-tur. 27 aprel. "Shahzoda Faysal bin Fahd stadioni"
00:00. AGMK – "Al-Hilol"

6-tur. 30 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"
00:00. "Istiqlol" – AGMK

Izoh: Guruhdagi barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Ko‘rib turganizdek, AGMK ilk turdayoq Osiyoning eng kuchli klublaridan biriga to‘qnash keladi. "Al Hilol" haqida ortiqcha gapirishga hojat bo‘lmasa kerak. AGMK 6ta o‘yindan to‘rttasini "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"da o‘tkazadi. Faqat "Al Hilol" bilan bo‘ladigan uchrashuvlar "Shahzoda Faysal bin Fahd stadioni"da tashkil etiladi.

"Al Hilol" 2019 yil OCHLda zafar quchgan, "Shabab Al Ahli" esa 2015 yilgi musobaqa finalchisi hisoblanadi. Guruhda ikkita debyutant bor: AGMK va "Istiqlol". Guruh bahslari ikkita stadionda tashkil etiladi: "Qirol Fahd Xalqaro stadioni" va "Shahzoda Faysal bin Fahd stadioni".

"Qirol Fahd Xalqaro stadioni" - 1987 yilda barpo etilgan bo‘lib, Saudiya Arabistonidagi eng katta stadion hisoblanadi. Milliy terma jamoa aksar hollarda uy o‘yinlarini shu yerda o‘tkazadi. Stadion sig‘imi 67,000 muxlisga mo‘ljallangan. Mazkur o‘yingohda 1997 yil Konfederatsiyalar Kubogi o‘tkazilgan. Shuningdek, 2014 va 2017 yillarda OCHL finaliga mezbonlik qilgan.

"Shahzoda Faysal bin Fahd stadioni" - Ar Riyodning Al Malaz tumanida joylashgan. Bu stadion 1971 yil ochilgan. 1972 yilgi Ko‘rfaz Kubogi bahslari mana shu yerda o‘tkazilgan. "Al Hilol", "Al Nassr" va "Al Shabab" klublari uy uchrashuvlarini ko‘pincha shu o‘yingohda o‘tkazib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar