“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:58
ЎЗO‘Z

Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

03 apr, 11:18 1 895 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi Dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini yuzaga kelayotgani sabab Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya boks bo‘yicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgan edi. Musobaqaning o‘rniga yo‘llanmalar qit’alar kesimida sportchilarning reytingdagi pog‘onasiga qarab taqsimlanishi ma’lum qilingan.

Maxsus komissiya sportchilarning reyting pog‘onasini o‘rganib chiqdi va bu borada Olimpiada yo‘llanmalarining egalari ma’lum bo‘lgach, Milliy olimpiya qo‘mitalariga rasmiy xat jo‘natdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Maftuna Meyliyeva (-69 kg) Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.

Ta’kidlash joiz, oilaviy sharoit (homilador) sabab Maftuna Meyliyevaning litsenziyasi reytingda u bilan yonma-yon turgan boshqa bir hamyurtimiz Shahnoza Yunusovaga o‘tadigan bo‘ldi.

Bu xaqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Tokio – 2020» olimpiya o‘yinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo‘ldi. Erkaklar jamoamiz to‘liq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:

Erkaklar:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 0
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 1
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar