“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:06
ЎЗO‘Z

Ravshan Ermatov OFK prezidenti bilan uchrashdi

03 apr, 08:00 2 005 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Ermatov OFK prezidenti bilan uchrashdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Manama shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ushbu tashrif davomida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ravshan Ermatov Shayx Salmonga O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovning samimiy salomlari va eng yaxshi tilaklarini yetkazgan holda, O‘FA rahbari boshchiligida O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so‘z yuritdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti O‘FA va OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini aytib, qit’a miqyosidagi bir qator nufuzli musobaqalar mezbonligi aynan O‘zbekistonga ishonib topshiriliganligi O‘zbek futboli oilasini yanada baxtiyor etganligini bildirdi.

O‘z navbatida, Shayx Salmon O‘FA rahbariyatining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishda olib borayotgan samarali faoliyatini e’tirof etdi hamda OFK va O‘FA o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga hamisha sodiq ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Shuningdek, OFK prezidenti o‘zbek futbolida olib borilgan islohotlar, uning ommaviyligini oshirishda qabul qilinayotgan qarorlarni olqishlab, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 90
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar