“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Lionel Messidan yangi rekordlar to‘plami

16 fev, 11:55 7 750 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lionel Messidan yangi rekordlar to‘plami Ispaniya chempionatining 23-turida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni yirik hisobda (5:0) mag‘lub etdi. Uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynab, 3ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan Messi bir qator rekordlarni o‘rnatdi yoki takrorladi. Lionelning yangi natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

— Messining La ligadagi gollari soni 268taga etdi. Bu orqali 27 yoshli argentinalik o‘yinchi futbol tarixida Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida urgan gollari soni bo‘yicha germaniyalik Klaus Fisherga etib oldi va kuchli o‘nlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. "Kuchli beshlik"dagi rekord Jimmi Grivzga tegishli — 366ta gol (Angliyada — 357, Italiyada — 9). Gerd Myuller rekordchidan bitta to‘pga ortda qolmoqda. U Bundesligida 365ta gol urgan. Faoliyatini davom ettirayotgan Krishtianu Ronaldu 289ta gol bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. U APLda 84ta, Ispaniya chempionatida esa 205ta golga mualliflik qilgan.

— Messining La ligadagi xet-triklari soni 23taga etdi va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. 22tadan xet-trikka Alfredo Di Stefano va Telmo Sarra erishishgan.

— Messi ispan klubi tarkibida barcha turnirlarda xet-trik qilish bo‘yicha Telmo Sarraning rekordini takrorladi. Endi Messining “Barselona” tarkibida kiritgan umumiy xet-triklari soni 31taga etdi.

— "Levante" bilan o‘yinda Neymarga assistentlik qilgan Messi La liga rekordini o‘rnatdi. Ushbu o‘yindan oldin argentinalik futbolchi assistentlik bo‘yicha Luish Figu bilan birga peshqadamlikni bo‘lishib turgandi (107ta).

— Ushbu mavsumda urilgan barcha gollar bo‘yicha Messi Ronaldudan o‘tib ketdi. "Barsa" futbolchisining gollari soni 37taga etgan bo‘lsa, Krishtianuda 36ta gol bor.

— La ligada "gol+pas" tizimi bo‘yicha ham Messi "Real" hujumchisini ortda qoldirdi. Endi Lionel — 39 (26+13), Ronaldu — 38 (28+10) ko‘rsatkichga ega.

— "Levante"ga qarshi o‘yin Lionel uchun La ligadagi 300-o‘yin bo‘ldi.

— Shuningdek, 2008 yil iyun oyidan (klubni Xosep Gvardiola boshqaruviga olgan vaqtdan) hisoblanganda Messi barcha turnirlarda “Barselona”ning 348ta rasmiy uchrashuvida 348ta gol urdi (har 83 daqiqada 1ta gol). O‘sha davrga qadar Leo 110ta o‘yinda 42ta gol urgan (har 176 daqiqada bitta gol).

— Nihoyat, Messining "Barselona"dagi samarali harakatlari (gol+pas) soni 500tadan oshdi — 503 ochko.

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar