“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:26
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov JCH—2022 saralash o‘yinlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi haqida

23 mar, 09:00 3 403 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov JCH—2022 saralash o‘yinlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi haqida Foto: Getty Images
«Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining JCH—2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimda o‘tkazilishiga o‘z munosabatini bildirdi.

- "O‘yinlarning markazlashgan tizimda o‘tkazilishi imkoniyatlarimizga salbiy ta’sir qilmaydi deb o‘ylayman. O‘zimni fikrimni aytadigan bo‘lsam, bu qarorni eshitganimda miyamga kelgan ilk fikr OFKning futbolchilarni o‘ylamagani bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni yozda qanday issiq bo‘lishini hamma biladi. Muxlislar futbolda tezlik va chiroyli o‘yin ko‘rishi kerak. Bunday issiqda bu qiyin masala. U yerda chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin bo‘ladi, barcha natija uchun o‘ynaydi. Birinchi navbatda tezlik bo‘lmaydi. Bunday sharoitda hammaning imkoniyati bir xil. Kimnidir kuchli yoki kimnidir kuchsiz deb bo‘lmaydi.

Biz oxirigacha kurashamiz, hech qanday qo‘rquv yo‘q. O‘zbekistonda yaxshi futbolchilar va murabbiylar yig‘ilgan. Muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni ko‘rsatamiz
", - dedi «Jenoa» va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov qo‘l ostidagi milliy terma jamoasi mart oyidagi yig‘in doirasida Gana (26 mart, Namangan) va Iroq (29 mart, Toshkent) terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi doirasidagi o‘yinlar 31 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 1
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar