“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:32
ЎЗO‘Z

O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi?

26 fev, 19:14 1 666 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi? Yozgi transferlar mavsumida Oston O‘runovning “Ufa”dan “Spartak”ga o‘tgani sport jamoatchiligida qanchalar keng muhokama qilingan bo‘lsa, yarim mavsumdan so‘ng, o‘zbekistonlik yarim himoyachining Moskvadan Ufaga qaytgani ham muxlisu mutaxassislar e’tibor markazida turibdi.

Premer-ligadagi joyini saqlab qolishga intilayotgan “Ufa”ning Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olgani ufaliklarning qishki transferlar mavsumidagi asosiy yutug‘i sifatida baholanmoqda. Bu transfer bo‘yicha uch nafar mutaxassisning munosabatini e’tiboringizga havola qilamiz.

Rinat Bilyaletdinov, “Rubin” sobiq bosh murabbiyi:

O‘runov “Spartak”da bosh murabbiy Domeniko Tedeskoga to‘g‘ri kelmadi. Oston har qanday jamoada ham o‘ynab ketaveradigan futbolchilar toifasiga kirmaydi. U “Rubin”dagi Xvicha Kvaratsxeliya kabi o‘ziga xos futbol namoyish qiladi. Oston o‘z o‘yinini muxlislarga ko‘rsatib, ularni o‘ziga o‘rgatib qo‘yadi, lekin uning o‘yin uslubini takrorlay oladiganlar juda kamchilik.

Kvaratsxeliyaga ham jiddiy qarash boshlandi. U o‘yin uslubini tez o‘zgartiradi, jarima ishlaydi, kutilmagan qarorlar qabul qiladi.

Shuningdek, Oston O‘runovning ham driblinglarini raqiblar jiddiy o‘rganib chiqqan va unga qarshi qo‘llanadigan usullarni ham. Balki, O‘runov “Ufa”da o‘ynaganida raqiblar tomonidan bu jamoaning imkoniyatlari kabi futbolchining uslubiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagandir. Lekin “Spartak” boshqa darajadagi klub.

Konstantin Genich, sobiq futbolchi va taniqli sharhlovchi:

Bu jarayonda futbolchi “Spartak”ga Shamil Gazizov ortidan o‘tganini to‘g‘ri tushunish kerak. Gazizov “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedunni bu biznes loyihaga ishontirgan. “Spartak” O‘runov uchun sarflagan mablag‘ miqdori, umuman, bu transfer oddiy kelishuv. Kelajakda klub O‘runov transferi orqali ko‘proq pul ishlab olishi mumkin edi.

“Ufa”dagi yarim mavsumdan keyin futbolchining o‘zi yangi chaqiruvga, “Spartak” darajasida o‘ynashga tayyorligi yoki bunga erta bo‘lgani boshqa masala. Ostonga “Ufa”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Vadim Yevseyev va Shamil Gazizov yuqori baho berdi va hamon unga ishonishmoqda. Shamil uning transferi o‘zini oqlashiga umid qilgan.

O‘runov yaxshi sifatlarini, tezkorlik va driblinglarini namoyish qildi. Bir so‘z bilan aytganda, kuchli futbolchi. Unga Shamil Gazizov ishonadi va aynan “Ufa”ga qaytgani ham bejiz emas. Ostonga “Rubin” ham xaridor edi.

Vladimir Sogniyenko, Okko onlayn-kinoteatri sport translyatsiyalari bosh muharriri:

Oston O‘runov “Ufa”da o‘ynagan. U jamoa yetakchisi sifatida to‘p tepgan. Hozir qanday formadaligini bilish qiyin. “Spartak”dagi vaziyat uni sindirdimi? Yo‘q, bunday emas, bunaqa holatlar ko‘p uchraydi. “Ufa”da u yana o‘zini ko‘rsata oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 57
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 113
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 132
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 166
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar