“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:51
ЎЗO‘Z

Yangi “Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi

12 fev, 19:10 1 538 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi “Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishini ta’minlash uchun hozirdan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Bu borada MOQ koshida “Olimpik” jamoasi shakllantirildi. Bugun MOQ va O‘FA rahbariyati, “Olimpik” jamoasi vakillari o‘rtasida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatov, «Paxtakor» futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman, “Olimpik” FK bosh direktori Alisher Polatov va jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzelar ishtirok etishdi.

Dastavval, Timur Kapadze mavsumga olib borilayotgan tayyorgarlik, jamoaga jalb qilingan futbolchilar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng MOQ raisi mavsumning ochilish o‘yiniga tayyorgarlik bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Mavsum boshida jamoamizni tanishtirish uchun matbuot anjumani tashkil qilsak. Qolaversa, ilk uy uchrashuvini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha ham bir qator dasturlarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Fursatdan foydalanib, o‘zbek futbolining rivoji uchun yosh futbolchilarni «Olimpik» jamoasiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan bir qator klublarimizga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchimiz. Asosiysi, bizning tashabbusimizni hukumatimiz qo‘llab-quvvatlamoqda”, – dedi MOQ raisi.


Shuningdek, suhbat davomida jamoaning vaqtinchalik bazasi joylashadigan “JAR” sport majmuasining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, uning foydalanilmayotgan hududlarida yuqori sifatli sun’iy maydonlarni qurish, futbolchilar bilan tuziladigan shartnomalarni batafsil o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Eslatib o‘tamiz, «Olimpik» jamoasi 2021 yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Pro-ligasida ishtirok etadi.

Manba: olympic.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 0
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 1
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar