“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:49
ЎЗO‘Z

"Loko"ning ispaniyalik futbolchisi: "Lokomotiv" taklifini hech qanday ikkilanishsiz qabul qildim"

05 fev, 22:25 1 770 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Loko"ning ispaniyalik futbolchisi: "Lokomotiv" taklifini hech qanday ikkilanishsiz qabul qildim" Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" ispaniyalik himoyachi Diyego Bardankani o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Deportivo" tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida "Valyadolid", "Rekreativo", "Levante" kabi jamoalarda ham to‘p tepgan. Ayni damda Turkiyadagi yig‘inda bo‘lib turgan himoyachi SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida yangi jamoaga moslashishi va o‘zbek futboli haqida fikr bildirdi.

– Assalomu alaykum, Diyego. Yangi jamoaga ko‘chib o‘tganingiz bilan tabriklayman. Adaptatsiya jarayoni qanday kechmoqda?
– Salom! To‘g‘risini aytsam, bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Jamoadoshlarim, klub xodimlari va muxlislar juda mehribon va ular menga tezroq moslashish uchun yordam bermoqda. Rus tilini o‘rganishga harakat qilyapman. Allaqachon o‘zbek va rus tillaridagi kalit so‘zlarni ishlatyapman. Jamoaga iloji boricha tezroq moslashishga harakat qilaman.

– Bu yerga kelishingizdan avval, o‘zbek futboli haqida eshitganmisiz? Sizni "Loko"ga kim taklif qildi?
– Agentim menga bu variantni taklif qilganida, hech qanday ikkilanishsiz buni qabul qildim. Men bu klubning darajasini, uning sharafini himoya qilish qanchalik muhimligini, jamoaning g‘oliblik ruhini bilaman. Shuning uchun, ular yuborgan taklif menga juda qiziq bo‘lib tuyuldi.

Futbolchilar, xodimlar, muxlislar, rahbariyat va shahar - bularning barchasi a’lo darajada Bu jihatlar mening qaror qabul qilishimni tezlashtirib yubordi.

– O‘zbek futbolchilarining qaysi jihatlarini kuchli, deb hisoblaysiz?
– To‘g‘risini aytsam, hali biror narsa deya olmayman. Lekin mashg‘ulotlarda birga ishlab bildimki, sizlarda shiddatli futbol o‘ynashadi. Hujumchilarning ham bo‘yi baland. Yangi mavsum boshlansin, keyin to‘liqroq aytishim mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar