“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:39
ЎЗO‘Z

Oston O‘runovni “sindirib” bo‘lmaydi!

24 yanv, 10:28 2 041 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oston O‘runovni “sindirib” bo‘lmaydi! “Ufa”da Oston O‘runovga ustozlik qilgan va hamyurtimiz Rossiya futboliga moslashishida katta yordam bergan Vadim Yevseyev “Sport Ekspress” nashriga intervyu berib, o‘zbek futbolchisi jamoadan joy olish uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgani haqida gapirdi. Tajribali murabbiy vaqti kelib, Oston O‘runov bor mahoratini ko‘rsata olishiga ishonch bildirmoqda.

“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseyev intervyusining Oston O‘runovga tegishli qismini tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola qilamiz.

- Siz Oston O‘runovni juda yaxshi bilasiz. Unga “Ufa”da ustozlik qilgansiz. U “Spartak”da yana sabr qilishi kerakmi yoki u hali Moskva klubida o‘ynash va bu jamoaning ashaddiy muxlislari bosimiga dosh berishga tayyor emasmi?
- Avvalo, Oston endigina 20 ga to‘lganini unutmang! Har kim ham bu yoshda yangi jamoaga osonlikcha ko‘nika olmaydi. O‘runov bizning chempionatda o‘ynay boshlaganiga hali bir yil ham bo‘lmadi. Unga vaqt va murabbiy ishonchi kerak. Ko‘p narsa shunga bog‘liq. Lekin “Spartak”day jamoada har qanday murabbiydan hozirning o‘zida natija talab qilinadi.

Ostonning salohiyati juda yuqori. Jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetuk futbolchilardan qolishmaydi. Masalan, uning jismoniy ko‘rsatkichlari Nikola Vlashichniki bilan bir xil. Hatto tana mushaklari hajmi ham o‘xshash.

O‘runovda tezkor dribling, maydonni ko‘ra olish qobiliyati, kuchli zarba – nimaiki kerak bo‘lsa hammasi bor. Hozir biz SSKAga kelgunga qadar, o‘z davrida “Everton”da o‘ynagan va ayni paytda Xorvatiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan birini O‘zbekiston chempionatidan kelgan yosh futbolchi bilan solishtiryapmiz. Ularning yoshida ham farq bor. Nikola Vlashich chempionatimizga yetuk charm to‘p ustasi sifatida kelgan. O‘runov esa faoliyatini endi boshlayapti. Balki, Oston yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga ketgani ma’quldir.

“Spartak”ga o‘tishidan oldin unga SSKA jiddiy da’vogarlik qilganini aniq bilaman. Aslida Oston “Ufa”ga SSKA o‘tgan yilning yanvarida unga viza olib berolmaganidan keyin kelgan edi. Bundan tashqari, o‘zbek futbolchisini “Rubin” ham olishni qattiq istagan. O‘tgan yilning avgustida “Rubin” bilan o‘ynaganimizda, qozonliklar bosh murabbiyi Leonid Slutskiy mendan O‘runov haqida batafsil ma’lumotlarni so‘rab oldi.

- O‘runovning mentaliteti jiddiy klublarda o‘ynash talabiga javob beradimi?
- U oddiy, kamtar yigit. Jizzaki emas. O‘zini ko‘rsatishni yoqtirmaydi.

- Ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan brend mahsulotlar ko‘z-ko‘z qilingan mashhur suratlarchi?
- Shunday bo‘lgan, nima qilibdi? Masalan, menga uning mashg‘ulotlarda nimalar qilgani muhimroq. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinni o‘ziga olishdan, boshqalarni aldab o‘tishdan cho‘chimas edi. Jamoadagi yoshi katta futbolchilarning bundan jahli chiqib, unga qo‘pollik qilishardi. Lekin u biror marta og‘riqni ko‘rsatmagan, tajovuzkorlik qilmagan.

O‘runov og‘riqlarga chidamli, irodali yigit. Men uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar