“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

Bahodir Jalolovning Tokio Olimpiadasidagi asosiy raqibi kim?

19 yanv, 13:13 2 212 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahodir Jalolovning Tokio Olimpiadasidagi asosiy raqibi kim? Hozirda boksimizning yorqin vakili Bahodir Jalolov AQSHda mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. U Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib ulgurgan. Albatta, u Tokioda yuqori marrani ko‘zlamoqda, chunki bunga qadar havaskor boksda eng nufuzli chempionatlarni yuta oldi. Undan muxlislarning ham umidi katta... Biz ushbu hamyurtimiz bilan bog‘lanib, Olimpiadaga doir bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Professional boksdagi faoliyatingiz sizni yanada o‘sishingiz uchun xizmat qildi, deb ayta olamiz. Biroq, Olimpiadaga yaqin ham professional boksga ixtisoslashgan murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazish va jangga hozirlik ko‘rish salbiy jihatdan ta’sir qilmaydimi?
- Yo‘q. Aksincha, professional boks menga havaskor yo‘nalishdagi faoliyatimga yordam bermoqda. Chunki, bu yo‘nalishda sparring janglar kamida 6-7 raund bo‘ladi. Ma’lumki, havaskor boksda 3 raund bo‘ladi. Men ushbu 6-7 raund mobaynida havaskor boksdagi kabi tezkorlik bilan ishlashga harkat qilyapman. O‘ylaymanki, bu Olimpiadada o‘z samarasini berishi kerak. Shunga umid qilmoqdamiz.

- Olimpiadaga so‘ngi tayyorgarlik bosqichini qayerda o‘tkazish rejangizga kiritilgan?
- So‘ngi tayyorgarlik bosqichi nasib qilsa, O‘zbekistonda bo‘ladi. Sababi, Olimpiadadan avval havaskor yo‘nalishdagi janglarni ko‘rishim kerak.

- Tokioda sizga duch kelishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy raqiblar haqida to‘xtalib o‘tsangiz?
- Bu borada aniq bittasini ta’kidlab o‘ta olmayman. Barcha raqiblarim ringga yutaman deb chiqadi. Aslida, hammasini jiddiy raqib sifatida ko‘raman. Nisbatan oladigan bo‘lsak, jahon chempionatida avstraliyalik, rossiyalik va qozog‘istonlik bokschilar bilan birga shohsupani yuqori pog‘onalarini zabt etdik. O‘shalarni aytib o‘tishim mumkin. Qolaversa, fransiyalik hamda Germaniya vakilini ham aytib o‘tgan bo‘lardim. Umuman Yevropada azaldan og‘ir vazn toifalarida kuchli bokschilar bo‘lgan.

- Siz o‘z vaqtida qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan to‘qnash kelgansiz. Shuningdek Qamshibek Kunkabayev bilan ham... Aytingchi, ularning qay biri nisbatan kuchli va noqulayroq edi?
- Ivan Dichko bilan to‘qnash kelgan vaqtim tajribam u qadar yuqori emasdi. Har ikkisi kuchli raqiblarimdan deb ayta olaman. Biroq, Ivan Dichkoga yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, tajribam yo‘qligi uchun yutqazganman. O‘sha vaqt vaznim ham og‘ir toifaga kamlik qilar edi. Ammo, shuni aytib o‘tishim mumkinki, Ivan Dichkoga nisbatan Qamshibek Ko‘nkaboyev tezkor bokschi sanaladi.

- Tokio Olimpiadasidan keyin bor e’tiboringizni professional boksga qaratasizmi?
- Inshaalloh! Olimpiadadan keyin professional boksda faoliyat yuritaman.

- Muxlislar faqat sizdan oltin medal kutishmoqda va ishonchi ham yuqori... Siz ularga bu borada qanday so‘zlarni ayta olasiz?
- Avvalo, Allohni aytgani bo‘ladi. 2016 yili mag‘lubiyatga uchraganmiz. Bu xatoni takrorlamaslikka harakat qilaman. Ringdan faqat g‘olib sifatida tushish ilinjidaman. Barcha muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Nasib qilsa, ularning yuzini yerga qaratmayman degan umiddaman!




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 108
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar