“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:15
ЎЗO‘Z

Oqsayotgan «Real»: Zidan jamoasini kim kuchaytira oladi?

17 yanv, 13:10 1 770 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oqsayotgan «Real»: Zidan jamoasini kim kuchaytira oladi? «Real» hozirda La Liga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda, birinchi o‘rindagi «Atletiko»ning chempionlikni tantana qilishiga shubha qilayotganlar esa ozchilikni tashkil qiladi. Bu holatda «qirollik klubi» tarkibida hamon yulduzlar borligi ham muhim emas, boisi ulardan aksariyatining yoshi o‘tgan, yozgi transferlar oynasida esa hech qanday xarid amalga oshirilmadi.

Hozirda Madrid klubi jamoaga sarmoya kiritish vaqti kelganini tushunmoqda. Zararga kirmaslik uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilayotgan bunday klubning moliyaviy holatiga pandemiyaning jiddiy zarba bergani ham achinarli. Klub qaysidir ma’noda oldiga qo‘ygan maqsadiga (zararga kirmaslik) erishdi ham, ammo ushbu rejimda biror murabbiyning uzoq vaqt ishlashi dargumondir. Shunday ekan, hozir tarkibni kuchaytirishning ayni vaqti. Demak, quyida «qirollik klubi»ga mos tushadigan va shu bilan birga transfer narxi unchalik qimmat bo‘lmagan futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

Jyul Kunde

Foto: Twitter
«Real»ga himoyada ishonchli o‘yinchi kerak, «Sevilya»dan 22 yoshli Jyul Kunde esa jamoa tarkibiga juda mos kelishi mumkin. Hozircha tajribali Serxio Ramosni nima kutayotganini aytish qiyin, ammo shu aniqki, endi himoyachi yosh emas va u butun «Real»ni yelkasida ko‘tarib yura olishiga ishonib bo‘lmaydi.

Defensa Central xabariga ko‘ra, Zidan Kundeni Ramosning vorisi deb biladi. U o‘z iqtidorini «Sevilya»da anchadan buyon isbotlab kelmoqda, yetakchiga aylanish uchun unga atigi bir yarim yil yetarli bo‘ldi.

Kundening foydasiga nafaqat Zidanning pozitsiyasi, balki «Sevilya»ning moliyaviy imkoniyatlari ham ishlashi mumkin. Klubga pul kerakligi aniq, shu bois taklifga rozilik berishi ehtimoli yuqori.

Manuel Lokatelli

Foto: Calciomercato
Madridliklarning yarim himoyasi ham yosh emas. Toni Kroos va Luka Modrich ajoyib futbolchilar, ammo ularning o‘rnini kim egallashi haqida o‘ylash vaqti keldi. Ushbu pozitsiyaga Italiyaning asosiy iste’dodlaridan biri sanalgan «Sassuolo» yarim himoyachisi Manuel Lokatelli variantini yaqindan ko‘rib chiqish mumkin.

22 yoshli futbolchi ham himoyada, ham hujumda birdek foydali harakat qiladi va jamoani sezilarli darajada kuchaytiradi, u buni terma jamoadagi o‘yinlari orqali ko‘rsatib bo‘lgan. Albatta, unga boshqa grandlar ham qiziqish bildirmoqda, biroq «Yuventus» Pol Pogba haqidagi o‘ylar bilan ovora ekan, «Real» uni turinliklardan tortib olish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Shunisi aniqki, «Sassuolo» o‘z yulduzini arzonga qo‘yib yubormaydi. Ammo futbolchi o‘zi sarflanadigan mablag‘ga arziydi.

Pepe

Foto: Goal
Mish-mishlarga ko‘ra, «Real» «Gremio»dan braziliyalik vinger Pepene kuzatmoqda. Defensa Central nashri esa bitimga juda oz qolganini ta’kidlamoqda.

2016 yilda «Gremio»ga qo‘shilgan futbolchi bugun jamoaning yulduzi hisoblanadi. Uning hisobida Braziliya A Seriyasida 23 o‘yin, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Pepe chap qanotda o‘ynashni afzal ko‘radi, ammo bu uning o‘ng tomonda naf keltirmaydi degani emas. Uning asosiy ustunligi – himoyachilarni dog‘da qoldirib, jarima maydonchasiga yorib kirishdir.

Yuqorida ta’kidlangandek, «Real» uni bir necha yildan beri kuzatib keladi. Lukas Vaskes shartnomani uzaytirishdan bosh tortganligi sababli, «qaymoqranglilar» 23 yoshli Pepeni unga alternativ sifatida ko‘rmoqda. Pepe – jamoa uchun ajoyib variant, ammo uning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Shuning uchun braziliyaliklar bilan savdolashish biroz mushkul kechishi mumkin.

Eduardo Kamavinga

Foto: Twitter
«Renn»ning yosh yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani «Real» skautlari 2019 yildan buyon kuzatib keladi va shu vaqtdan beri u muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Ko‘pchilik 18 yoshli futbolchini Pol Pogbaga qiyoslaydi. Agar u xuddi shu ruhda o‘sishda davom etsa, nafaqat Martin Edegor va Federiko Valverde («Real» yarim himoyachilari) darajasiga yetadi, balki ulardan sezilarli darajada o‘tib ketishi ham mumkin. Eduardoning asosiy fazilatlaridan biri, istalgan raqib bilan xotirjam o‘ynay olishidir Futbolchiga shunchaki vaqt va to‘g‘ri murabbiy kerak, xolos.

David Alaba

Foto: FootBoom
Hozirda Alabaning klubini almashtirishiga hech qanday shubha yo‘q. «Bavariya» bilan kelisha olmagan futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirmoqda. «Real» esa avstriyalik himoyachiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Katta ehtimol bilan Alaba yozda «qaymoqranglilar» ixtiyoriga kelib qo‘shiladi. Zidan ham bu transferga qarshi emas va u avstriyalikning timsolida nafaqat qanot, balki markaziy himoyachini ham ko‘rmoqda. Agar Alaba yozda Madridga ko‘chib o‘tsa, bu «Real»ga tekinga tushadi, ya’ni David bu vaqtda erkin agentga aylanadi. Biroq «Real»ning yozgacha kutmaslik ehtimoli ham yuqori.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 1
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 18
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 145
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 100
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar