“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:12
ЎЗO‘Z

Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi

16 yanv, 15:27 1 943 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi Foto: Twitter
Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozining transferi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. Avvalroq «Lokomotiv» agentlarga futbolchi uchun sarflangan puldan 6,5 barobar ko‘proq to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.

- "Bu haqda qo‘ng‘iroq tovushini eshitib, biroq u qayerdan kelayotganini bilmaydigan odamlar yozmoqda. Transfer narxining o‘zi yo‘q edi. Ha, agentga to‘lanadigan pullar bor va tamom. Barcha mojaro O‘zbekistonda boshlandi, bizning (Rossiya nazarda tutilmoqda — izoh «Daryo») OAV esa ularni e’lon qildi.

Bularning barchasi «Bunyodkor» sobiq bosh direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagani sabab yuzaga keldi: unda «Beshiktosh» va qator boshqa klublardan takliflar bo‘lgan.

Jasurning shartnomasida ma’lum miqdordagi tovon puli to‘langanda uning ketishiga ruxsat beradigan band bor edi va u ketishga qaror qildi. Biznikilarga esa shov-shuv kerak. Kelishuv bor edi, tovon puli to‘landi, hammasi shaffof va toza kechdi. Hech qanday savolga o‘rin yo‘q
", - dedi futbol agenti Yuriy Belous.

Jaloliddinov iyul oyida «Lokomotiv» futbolchisiga aylandi. Biroq moskvaliklar yarim himoyachini Rossiya Premer Ligasi ro‘yxatidan chiqarib yubordi va Jasur «Tambov»ga ijaraga berildi. Biroq 18 yoshli o‘yinchi «Tambov» safida ham birorta o‘yin o‘tkazmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 126
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar