“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:29
ЎЗO‘Z

Shomurodov Messiga o‘xshashni istamadi: Bo‘ldi, meni ortiq maqtamang!

15 yanv, 23:30 2 367 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodov Messiga o‘xshashni istamadi: Bo‘ldi, meni ortiq maqtamang! Eldor Shomurodovning Italiya A Seriyasida ko‘rsatayotgan o‘yini muxlisu mutaxassislarga manzur bo‘lmoqda. Kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadigan A Seriyaga umuman boshqa uslubni targ‘ib qiladigan o‘zbek va rus futbolidan kirib kelgan legioner qisqa fursatda futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushdi.

Shomurodov oktabr oyida Italiyaga ko‘chib o‘tganidan keyin turlicha uslubga ega ikki bosh murabbiyni ko‘rdi. Har ikkisiga ham o‘zining joyi boshlang‘ich tarkibda ekanini isbotlab berishiga to‘g‘ri keldi. Avvaliga, o‘zbek futbolchisi uchun millionlar sarflanganini hazm qila olmagan genuyalik talabchan muxlislar ham sekin-asta Eldorning o‘yiniga maftun bo‘lib bormoqda.

Har holda o‘z qarashlarga ega bosh murabbiy Davide Ballardinidan muxlislar Shomurodovni muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishni talab qilayotgani ham shundan dalolat beradi. Yaxshi bilamizki, Yevropa futbolida klub rahbariyati ham, bosh murabbiy ham aksariyat holatlarda muxlislar istagini qabul qiladi va ular bilan hisoblashadi. Bo‘lmasa, bosimning tagida bo‘g‘ilib qolishi tayin...

Keyingi paytda Eldor Shomurodov italiyalik jurnalistlarning ham sevimli mavzusiga aylanib qolmoqda. O‘zi ham sekin-asta mashhurlik mas’uliyatiga ko‘niga boshlagan hamyurtimiz axborot manbalarida bo‘y ko‘rsata boshladi.

Italiyaning tuttoatalanta.com sayti mashhurLa Gazzetta dello Sport nashridan iqtibos keltirib, Shomurodov bildirgan fikrlarni omma e’tiboriga havola etdi. Eldor o‘ziga nega Rivaldo va Dide Drogba yoqishini va uni “o‘zbek Messisi” deb atashlariga javoban quyidagi pozitsiyasini bildirdi.

- Menga nega Rivaldo va Drogba yoqadi? Braziliyalik hujumchi men o‘ynagan “Bunyodkor”da to‘p tepgan. Drogba esa, men uchun o‘rnak va namuna.
Men “o‘zbek Messisi”manmi? Hozir fikru xayolim “Jenoa”da. Maqtovlar uchun kelajakda hali imkon bo‘ladi
, - dedi Shomurodov.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Italiyadagi hayotida duch kelayotgan qiyinchiliklar, Yevropadagi faoliyatining o‘zbek futboliga ta’siri haqida ham gapirdi.

- Men “Jenoa”ga o‘tishga rozilik berganimda, Italiyada to‘qnash kelishim mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida bilardim. Oldimni o‘zimni ko‘rsatish uchun faqatgina bitta yo‘l bor edi. U ham bo‘lsa, qattiq mehnat qilish.

O‘zbekiston iste’dodlarga boy. Futbolchilarimiz xorijning kuchli ligalarida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishga loyiq. Balki mening tajribam ularning shu yerlarga kelishiga yo‘l ochar. Bu bugungi kunda men uchun eng muhim masala
, - dedi Eldor Shomurodov.

Asli surxondaryolik futbolchi kuchli beshlik chempionatlari yuqori ligasida gol urgan birinchi va yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. “Jenoa” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan legionerimiz shu kunga qadar A Seriya va Italiya kubogi bellashuvlarida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga bir juft gol urdi va jamoadoshlariga ikki marta golli pas uzatdi.

Ayni paytda 25 yoshli hujumchining o‘yinini boshqa jamoalar mutasaddilari ham kuzatib borayotgani haqida aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 190
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar