“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

“Jenoa” muxlislari Shomurodovning “Yuventus”ga o‘tishiga qarshi

10 yanv, 23:23 4 297 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” muxlislari Shomurodovning “Yuventus”ga o‘tishiga qarshi A Seriyaning so‘nggi uchrashuvlarida golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etayotgan Eldor Shomurodov “Jenoa”ning xavfli hududdan chiqib ketishiga eng katta hissa qo‘shgan haqiqiy qahramonga aylanib qoldi.

Italiya futbolining bugungi kundagi eng qudratli klubi hisoblangan “Yuventus”ning o‘zbekistonlik hujumchiga qiziqa boshlagani, albatta, genuyalik muxlislarni ham befarq qoldirmadi.

Qizig‘i shundaki, Eldorning barcha muxlislari uning Turin klubiga ko‘chib o‘tishini istayotgan va buni intiqlik bilan kutayotgan bo‘lsa, “Jenoa” ishqibozlari Shomurodovdan ayrilishni xohlamayapti va ular hujumchining Turinga ketishiga qarshi. Genuyaliklar Eldor timsolida jamoaning yangi yulduzi va xaloskorini ko‘rmoqda. Buni ularning "Jenoa“ rasmiy tarmoqlarida qoldirayotgan izohlaridan ham bilib olish mumkin.

An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga genuyalik muxlislarning “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Eldor Shomurodov faoliyatiga doir bildirgan fikr-mulahazalarini taqdim etamiz.

Sergio Pesenti:
Jamoa o‘zgaryapti va yangidan shakllanmoqda. Ballardini to‘g‘ri yo‘lni topdi. Shomurodov uning o‘yin sxemasiga mos tushdi.

Daniela Mariani:
Shomurodov yana zo‘rligini ko‘rsatdi. Endi Ballardini unga to‘liq ishonch bildirishiga shubha yo‘q. Eldor jamoaning ayni paytdagi eng zo‘r hujumchisi.

Alessandro Gigli:
Eldorning bo‘yiga nisbatan tezligi fantastik darajada ekan. “Latsio”, “Sampdoriya” va “Bolonya” bilan bo‘lgan uchrashuvlarda uning to‘pni katta tezlikda olib yurishi gol urishimizga zamin yaratdi.

Monica Fiorello:
Shomurodov ketma-ket uchinchi o‘yinda golli hujumda bevosita ishtirok etdi. Menimcha, u hozir jamoaning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi.

Angelo Cisana:
Eldor tez yugurishga usta ekan. Agar u qanotlarda o‘ynasa, tezkorligi bilan yanada ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Nico Campana:
Shomurodov va Ballardini jamoani xavfli hududdan qutqardi. Bu jamoa rivojlanishiga ishonaman.

Alma Martini:
Eldor yana zo‘r o‘ynadi. Keyingi paytda uning o‘yini hayratlanarli darajada o‘zgardi.

Mario Colombo:
Men Shomurodov gol urmaganidan xursandman. Golsiz ham u jamoaga juda katta foyda keltirdi. Agar o‘zi ham to‘p kiritganida “Yuventus” Eldorni aniq olib ketardi.

Massimo Medisio:
Eldor “Yuventus”ning ishonchini oqlash uchun zo‘r futbol o‘ynay olishini ko‘rsatishi kerak. Undan doim yorqin o‘yin kutamiz.

Giovanni Santerini:
Jamoa endi Shomurodov uchun o‘ynasin! U hozir zo‘r formada va hujumni Eldorning atrofida shakllantirish lozim.

Marco Pontini:
Eldor “Yuventus”da o‘ynasa, yanada kuchayadi. “Jenoa”da esa, Ronaldu ham o‘zini ko‘rsata olmasdi!

Rinuccia Fazio:
Forza Eldor! Forza Genoa!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 1
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar