“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:24
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodovning otasi: Eldor «Jenoa»ning yaxshi va yomon kunini ko‘proq ko‘rishi kerak

10 yanv, 10:19 2 434 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodovning otasi: Eldor «Jenoa»ning yaxshi va yomon kunini ko‘proq ko‘rishi kerak Foto: Twitter
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning otasi Azamat Shomurodov «Sports.uz» nashri bilan suhbatda o‘g‘liga «Yuventus» qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Eldorning maqsadi katta. U Italiyaning o‘rtacharoq klubida o‘ynayapti, o‘zini ko‘rsatsa yana ham kuchli klubga o‘tishiga ishonchim komil. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. O‘ziga ishonmasa, u yerlarga bormasdi. O‘zi ham katta niyatlar bilan ketgan, bizdan duo olib. Nasib bo‘lsa, hozircha hammasi yaxshi ketyapti.

«Yuventus» oladimi yoki boshqasimi, hammasini vaqt ko‘rsatadi. Lekin, menimcha, «Jenoa»da yana biroz to‘p surib moslashishi kerak. «Yuventus»ga o‘tib ketsa, zaxirada o‘tirib qolarmikin, deyman-da. «Jenoa»ning yaxshi va yomon kunini ko‘proq ko‘rishi kerak. Mana hozir jarohatidan qutilib o‘z ustida yaxshi ishlayapti. Uni hamma ko‘tar-ko‘tar qilib, «Yuventus»ga o‘tishini olqishlashsa-yu, lekin biroz o‘yini chiqmay zaxiraga o‘tirib qolsa, yana gap-so‘z bo‘ladi.

«Rostov»da ham Shomurodovni u yer, bu yerlarga ketadi deyishganida gol ura olmay qolgandi. Bu narsa miyasiga o‘rnashib qolishi mumkin. O‘sha paytlarda shunday bo‘ldi, bir qator klublar chaqiryapti deyishdi, bu tomonda uylanish rejasi ham bor edi. Natijada 6-7 oy gol ura olmay qolgandi. Ammo Eldor avvalgidan ancha ulg‘aydi. O‘yini ham o‘zgardi. Endi bunday gaplar ta’sir qilmasa kerak deb o‘ylayman
», — deydi Eldor Shomurodovning otasi.

Azamat Shomurodov ushbu xabarlar chiqqach, Eldor bilan hech kim gaplashmaganini va hozir u faqat o‘yin haqida o‘ylayotganini bildirdi.
«Eldor bilan bu haqida hech kim gaplashmagan. Faqat shunday maqola chiqib ketgan. Balki rostdan e’tibor qaratishayotgandir, biroq klub bilan ham, o‘zi bilan ham gaplashishmagan. Eldor faqat o‘yin haqida o‘ylayapti (Italiya A Seriyasining 17-turidan o‘rin olgan «Jenoa» — «Bolonya» o‘yini nazarda tutilmoqda — «Daryo»), telefonini ham o‘chirib qo‘ygan».

Qayd etish joiz, avvalroq Turin klubining Shomurodovga qiziqish bildirgani va Eldorning Alvaro Morataga o‘rinbosar sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar berilgandi.

«Jenoa» Eldor Shomurodov transferini 2020 yil 4 oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun «Rostov»ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 126
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 159
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar