“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:03
ЎЗO‘Z

Durnovo: Shomurodovga «Jenoa»da teng raqobat bor, «Yuventus»da esa bunday bo‘lmaydi

08 yanv, 20:53 3 471 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Durnovo: Shomurodovga «Jenoa»da teng raqobat bor, «Yuventus»da esa bunday bo‘lmaydi Foto: Getty Images
Italiyaning eng obro‘li nashrlaridan biri Tuttosport 8 yanvar, juma kuni o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga «Yuventus» qiziqish bildirayotgani va transferning (ijaraga olish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda) yanvardayoq amalga oshishi mumkinligi haqida yozdi. Mazkur xabarga taniqli rus sharhlovchisi Aleksey Durnovo o‘z munosabatini bildirib, Eldorning Turin klubidagi imkoniyatlarini baholadi.

- "Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Shomurodovga «Yuventus» qiziqayotgani haqidagi xabarlar menda skepsis (shubha) uyg‘otdi. Men, albatta, adashganimdan xursand bo‘lardim, lekin o‘tgan yilning so‘nggi ikki oyida «Jenoa»ning o‘yinlarini sharhlagan inson sifatida quyidagilarni ayta olaman. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, «Jenoa»da qolish Shomurodov uchun yaxshiroq bo‘ladi.

«Jenoa» – yaqqol autsayder klub. Jamoa o‘z falsafasiga rioya qilgan holda 17-o‘rin uchun kurashadi: o‘lsak o‘lamiz, lekin quyi ligaga tushib ketmaymiz. O‘tgan ikki mavsumda, bu vazifa katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, bajarildi. Yanvar oyida «Jenoa» katta ehtimol bilan yana o‘n nafar futbolchini jamoaga jalb qiladi va jon saqlash uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Hujum chizig‘ida genuyaliklar katta tanlov imkoniyatga ega: Pandev, Destro, Pyatsa, Skamakka va Shomurodov. Eldor uchun bu teng va munosib raqobatdir. U ularning hammasi bilan asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi va har biri bilan maydonda yaxshi tandem hosil qilishi mumkin.

«Yuventus»da esa bunaqasi bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Ronaldu va Buffon bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, ammo o‘yin amaliyoti umuman bo‘lmasligi ham mumkin. U yerda Shomurodov Ronaldu, Morata va Dibalaga biron bir narsa bo‘lgan taqdirda va shu bilan birga Pirlo shartli Keza yoki Kulushevskini bu pozitsiyaga ko‘chirmasagina maydonga tushishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni, chuqur zaxira.

Futbolchilarga faoliyati bo‘yicha maslahat berish mengamas, lekin agar, Shomurodovning A Seriyadagi uzoq yillik faoliyatiga umid qilinsa, «Yuve»dagi kabi shafqatsiz raqobat bo‘lmagan va «Jenoa»ga qaraganda yaxshiroq istiqbollarga ega jamoaga kelgani ma’qul bo‘lardi – yaxshi murabbiyga ega bo‘lgan o‘rtamiyona klub.

Sinisha Mixaylovichning «Bolonya»si, Ivan Yurichning «Verona»si, Filippo Inzagining «Benevento»si va hattoki Roberto D'Aversu qaytgan «Parma». Ideal variant — «Sassuolo».

Yana bir narsa. Agar «Jenoa» A Seriyadan tushib ketsa, jamoa tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi, yaxshi o‘yin va yetarlicha yuqori futbol intellektiga ega Shomurodov esa, albatta, o‘ziga mos italyan klubini topadi. Bu sinalgan usul. «Yuventus»da zaxirada o‘tirish esa to‘g‘ri orqaga, «Rostov»ga yo‘l bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buning ustiga gap ijara haqida ketayotgan bo‘lsa. Agar Eldor kutilganidek o‘ynay olmasa, ular shunchaki undan voz kechadi, qo‘yadi...
", - deydi futbol sharhlovchisi Aleksey Durnovo.

Turinliklar Shomurodovga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

«Yuventus» Moratani 2020/21 yilgi mavsum so‘ngiga qadar Madridning «Atletiko»sidan ijaraga olgan. Ispaniyalik futbolchi hozirda «keksa sinora» safida barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti. Shu boisdan «Yuventus» uning o‘rniga o‘zbekistonlik hujumchi variatni ma’qul ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qayd etish joiz, «Jenoa» Eldor Shomurodov transferini 2020 yil 4 oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun «Rostov»ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.

O‘zbekistonlik forvard «Jenoa» safida hozirga qadar 11 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 108
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar