“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:22
ЎЗO‘Z

Alisher Nikimbayev "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyingi vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi

03 dek, 22:20 4 277 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Nikimbayev "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyingi vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi Taniqli futbol mutaxassisi o‘z sahifasi orqali yuzaga kelgan tartibsizlik bo‘yicha izoh berdi.
"Menga ikki kundan beri Farg‘onadan videolavhalar yuborib, vaziyat bo‘yicha izoh berishimni so‘rashmoqda. Aslida hamma narsa aniq bo‘lsa, nimani izohlash kerak? "Neftchi" futbolchilari va muxlislari futbolning barcha qonunlarini va hattoki Jinoyat kodeksining ayrim moddalarini buzishdi. Aybdorlar jazolanishi kerak. Hakam xatoga yo‘l qo‘ydimi yoki yo‘q, muhim emas.

Boshqa tomondan, "Neftchi" bilan birgalikda PFL va uchrashuvda ishtirok etgan uning barcha xodimlari sodir bo‘lgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Yodingizda bo‘lsa, ushbu o‘yin yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida ikki kun ortga surilgandi. Biz ana shu saviyani ko‘rdik. PFLda turli sohalarda ko‘plab mutaxassislar bor, faqat bittasidan tashqari - musobaqalarni tashkil qilish (men yana uchta yoki to‘rtta sohani sanagan bo‘lardim, lekin hozir biz bitta soha bo‘yicha gaplashamiz).

PFLning bayonotida aytilishicha, Farg‘onada 8 kishidan iborat ishchi guruh bo‘lgan. SAKKIZ! Hatto FIFA va OFK ham qiyinchiligi yuqori bo‘lgan bahslarga ko‘pi bilan 4-5 kishini yuboradi. Bu yerda esa 8 ta.

Savol tug‘iladi, bu odamlar ikki kun davomida nima qilishdi? Ularning birortasi organ vakillari bilan jamoat tartibini saqlash rejasini muhokama qilganmi? Agar tribunada pandemiya davrida ruxsat berilganidan ko‘proq tomoshabin o‘tirgan, ijtimoiy masofaga amal qilinmagan bo‘lsa, o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rilgandi?

Men translyatsiyani ko‘rmadim, lekin lavhalarga ko‘ra 80-daqiqadan boshlab muxlislar hakamlikdan norozi ekanliklari aniq ko‘rina boshladi. PFLning ushbu sakkiz nafar xodimi 80-daqiqadan to final hushtagigacha nima bilan shug‘ullangan? Mabodo vaziyat taqozo etgudek bo‘lsa, ular hakamlarni himoya qilish uchun jamoat tartibini saqlash xodimlari bilan aloqa qildilarmi? Nega ushbu 8 nafar xodim hakamlar uchun maydondan kiyinish xonasiga qadar yo‘lak hosil qilmadi?

Bu savollarga PFL javob beradi deb o‘ylamayman. Javoblar o‘rniga ular xohlagan narsalari haqida gapirishni afzal ko‘rishlari allaqachon an’anaga aylangan. Faqatgina PFLni javobgarlikka tortishga qodir odamlar O‘zbekistonda bor-yo‘qligini tushunish kifoya. Men eng ommabop nashrlarda emas, unchalik mashhur bo‘lmagan ikkita OAVda uchrashuv tashkilotchilariga nisbatan qilingan tanqidlarni ko‘rdim. PFLning o‘zida na Ijroiya qo‘mita va na xodimlar hisobot beradigan boshqa biron bir tashkilot mavjud. Hamma umid O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidanmi?", - deydi Alisher Nikimbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar