“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:39
ЎЗO‘Z

O‘FA «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidagi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

03 dek, 10:45 3 324 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FA «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidagi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi Foto: O‘zA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Pro-Liga 20-turi doirasida o‘tgan «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidan keyingi holatlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

«Mazkur holat bo‘yicha O‘FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi va Farg‘onaga yetib bordi. U yerda Ichki ishlar vazirligi hamda «Neftchi» — «Turon» uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur uchrashuv yakunida yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi.

Bunda hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin vaqt ichida surishtiruv ishlari yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi
», — deyiladi O‘FA bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi»—«Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur bahsni PFL rahbariyati bilan bir qatorda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham stadiondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda kuzatib borgan.

Ushbu voqeliklardan so‘ng Professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev yuzaga kelgan holat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan alohida o‘rganilishini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi esa o‘yindan so‘ng yuz bergan holatlar tashkilot tomonidan nazoratga olinganini bildirib, barcha huquqbuzarlar ushlanganini va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida bayonot berdi.

Keyinchalik voqeaga aloqador besh kishi 15 sutkaga qamalgani va yana olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, ular orasida «Neftchi»ning ikki futbolchisi ham borligi ma’lum bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar