“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:25
ЎЗO‘Z

«Neftchi» – «Turon» o‘yinidagi tartibsizlik ishtirokchilaridan 8 kishi qo‘lga olindi

01 dek, 22:22 3 445 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Neftchi» – «Turon» o‘yinidagi tartibsizlik ishtirokchilaridan 8 kishi qo‘lga olindi Foto: O‘zA
Farg‘onada «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin (0:1) yakunida ommaviy tartibsizlikda ishtirok etgani uchun 8 kishi qo‘lga olingan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib xabar bermoqda.

Qo‘lga olinganlar ichida futbolchilar yo‘q. Jamoalar o‘yindan keyin to‘liq tarkibda avtobusga o‘tirib ketishgan.
Aniqlanishicha, «Neftchi»ning hakamni tepgan futbolchisi Jamshid To‘raqulov bo‘lgan.

98-raqamli futbolkada Jamshid To‘raqulov, u ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan
Hakamlarda tashqi jarohatlar aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular ekspertiza uchun tekshirilgan. Hakamga tashlangan va unga zarba bergan «Neftchi» futbolchilariga qanday chora ko‘rilishi aniq emas.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy kanalida ham ushbu o‘yindan keyingi holatlar bo‘yicha bayonot berildi.

«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi», deyiladi bayonotda.

Foto: O‘zA
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onaning ikki jamoasi «Neftchi» va «Turon» Proliga g‘olibligi va Superliga yo‘llanmasi uchun maydonga tushgandi.

O‘yin yakunlanishi arafasida «Turon» darvozasi tomon berilgan zarbadan keyin to‘p mehmonlar himoyachisining bilagiga tegib qaytdi. Maydon egalari bu vaziyat uchun penalti berilmaganidan norozi bo‘lishdi. O‘yin yakunlangach esa «Neftchi» futbolchilari uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev va uning yordamchilari Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavovga keskin norozilik bildirishdi. Bu vaqtda maydonga muxlislar ham tushib kelishgandi.

Mezbon futbolchilardan biri hakamga akrobatik uslubda zarba berdi, u huquq-tartibot organlari yordamida futbolchilar va muxlislar ta’qibidan qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, xabarlarda qanot hakamlaridan birining boshi yorilgani aytildi.

Foto: O‘zA




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 186
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar