“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 12:40
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi"

29 noya, 22:00 3 057 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi" Coca Cola Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
"Tan olish kerak, "Paxtakor" boshqa raqiblarga nisbatan bir kalla baland bo‘lgani sababli ikkinchi o‘rin uchun kurash qizg‘in kechishi kutilgandi. Chunki bu o‘rin uchun kurashadigan jamoalar soni ko‘p edi. Yakunda biz kumush medal sohibiga aylandik va albatta bundan xursandmiz. O‘ylaymanki bu yutuq rahbariyatimiz tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

"Bunyodkor" to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa. Shuning uchun bugun to‘pni ularga bergan holda qarshi hujumda o‘ynadik. Standart vaziyatlar o‘yin taqdirini hal qilish ehtimoli yuqori edi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. Marko jarima to‘pini golga aylantirib, juda kerakli g‘alabani taqdim qildi.

Agar yosh jamoani shakllantirmoqchi bo‘lsangiz 1-2 yil vaqt kerak bo‘ladi. Agar kuchli va tajribali futbolchilar bo‘lsa kamroq vaqt ham yetadi.
Abramovga qarshi oxirgi to‘rtta o‘yinda yutqazmadik? Har bir raqibga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz. Alohida tayyorgarlik degan narsa yo‘q.

Tarkibni ko‘p futbolchilar tark etsa yangi jamoa qurish juda ham qiyin bo‘ladi. Bu narsani murabbiy sifatida qabul qilish ham menga og‘ir bo‘ladi. Agar hozirgi yetakchilar ham ketadigan bo‘lsa "Nasaf" yaqin yillarda o‘z oldiga yuqori vazifalarni qo‘ymasa kerak deb o‘ylayman.

Marko Stanoyevich "yangi Cheran" emas, lekin yuqori darajadagi futbolchi
", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 173
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 74
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 59
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 35
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 36
  • Bo‘limlar