“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:25
ЎЗO‘Z

“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi

25 noya, 20:38 3 216 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizovning transfer siyosati ko‘p tanqid qilinmoqda. Bu ko‘p jihatdan jamoa yarim himoya chizig‘ida bir ampluaga bir necha futbolchi yig‘ilib qolgani va kerakli nuqtalarga yangi ijrochilar olinmagani bilan bog‘liq. Oston O‘runov transferi ham tanqidlarga nishon bo‘layotgani bor gap. Qolaversa, o‘zbek legioner hali o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olgani yo‘q va tobora zaxiraga “mixlanib” bormoqda.

Yaqinda mutaxassislar va jurnalistlar jamoa o‘yiniga shiddat qo‘shish uchun hujumkor markaziy yarim himoyachi pozitsiyasiga yangi futbolchi kerakligini ta’kidlab, bu borada bosh murabbiy Domeniko Tedeskoga ham murojaat qilishdi.

Bizda bu pozitsiyada o‘ynay oladigan Zelimxan Bakayev, Aleksandr Kokorin va Oston O‘runov bor. Mixail Ignatov va Dmitriy Markitesovdan ham foydalansak bo‘ladi. Bir pozitsiyaga ko‘p o‘yinchi sotib olib bo‘lmaydi, - deb javob qildi Tedesko.

Mutaxassislar bir pozitsiyada ko‘p o‘yinchi to‘planib qolmasligi uchun “Spartak” qishda o‘ziga kerakli futbolchini olish uchun bir necha yarim himoyachilarni transfer qilishini kutyapti. Yaqinda “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov ham maydonga tushmayotgan va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ketishi kerakligi, ularni ijaraga berish yoki to‘liq sotib yuborish rejasi borligini bildirgandi.

Xususan, Gazizov “Spartak”ga o‘zi olib kelgan Oston O‘runov kelajagi haqida ham shunday fikrda.

- Oston O‘runovning asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida biroz shoshilmagan ma’qul. Hali oldinda o‘yinlar bor. U hozir jarohatlaridan tiklanib bo‘ldi. Lekin men ijara varianti borligini ham rad etmayman. Hatto uning o‘sishini ta’minlash maqsadida O‘runovni qishki transferlar vaqtida sotib yuborishimiz ham mumkin. Unga rivojlanishi uchun imkon berish kerak. Biz futbolchini to‘liq tushungan holda qaror qilishimiz kerak. Futbolchi muntazam o‘sib borishi kerak. Shuning uchun ham doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ketgani ma’qul. Bu “Spartak”ning hamma o‘yinchilariga tegishli, - dedi Shamil Gazizov.

O‘runovga Rossiya klublaridan tashqari, Germaniya tomonlardan ham taklif bo‘layotgan ekan.

Asosiy tarkibga kirishda O‘runovning asosiy raqobatchisi Aleks Kral ham qishda Angliya tomonlarga ketib qolishga yaqin turibdi. Uning ketishi bevosita Ostonning klubdagi mavqeiga ham ta’sir o‘tkazadi.

Angliya premer-ligasining bir necha klublari chexiyalik yarim himoyachini qishda qo‘lga kiritmoqchi. Xususan, “Vest Xem”, “Everton” va “Nyukasl” yozda bo‘ladigan Yevropa chempionatidan keyin Kralning transfer summasi ko‘tarilib ketishidan xavotirlangan holda, uni tezroq o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Spartak” Aleks Kralni qishki transferlar oynasi ochilishi bilan qo‘yib yuborishga tayyor. Avvaliga ,“Spartak” rahbariyati Kralning transfer summasidan 30 million yevro ishlab olishni istayotgan edi. Bu narxni bozor ko‘tarmadi. Endi klub xo‘jayinlari chexiyalik yarim himoyachini 18 million yevroga sotib yuborishga tayyor. Bu summa turli bonuslar evaziga yana oshishi mumkin.

Moskvaliklar Aleks Kralni bir yil muqaddam “Slaviya”dan 12 million yevroga transfer qilgandi. Bu futbolchi “Spartak” bilan 2024 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega va unga ko‘ra, yiliga bir million yevroga yaqin maosh olmoqda.

Xulosa qilib aytganda, qishki transferlar davrida “Spartak”da yangiliklar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Va bu Oston O‘runovning faoliyatida yangi burilish yasashi mumkinligini ham e’tibordan qochirmagan ma’qul.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 118
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 86
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar