“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:39
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayziyev

20 noya, 17:30 2 765 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayziyev Oxirgi paytlarda Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga shubha bilan qaraydiganlar ko‘payib qoldi. Ya’ni, hujumchimiz maydonga tushmayotgani uchun ayrim insonlar Eldorning u yerda o‘ynashiga hali erta edi, bekor kuchli chempionatga bordi, degan gaplarni aytmoqda. Bu borada mutaxassislarning fikrini bilish maqsadida taniqli sharhlovchi Davron Fayziyevga yuzlandik. Sharhlovchi SPORTS.uz saytining “youtube”dagi sahifasida "Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim?", degan savolga javob berdi.

- Eldor Shomurodov jarohat olgandi, shuning uchun maydonga tushmayotgandi. U asosiy tarkib futbolchisi. Nimaning evaziga u “Jenoa” bilan yaxshi natija qayd eta oladi? O‘z o‘yinini qanday yaxshilay oladi?, degan savol bo‘lsa, unda aytish mumkinki, Eldorga vaqt kerak. Chunki genuyaliklarning o‘yini Shomurodovga mos emas. Jamoa himoyalanmoqda. Men ko‘rgan uchrashuvlarning hammasida “Jenoa” himoyalandi.

Hujumchimizga uchrashuv davomida nari borsa 3 ta pas boryapti. Unda ham, hamyurtimiz to‘pni darvozaga teskari holatda qabul qilmoqda va ko‘pincha, sherigi bilan kombinatsiya tashkil etaman desa, unda imkon yo‘q. Boshqa jamoadoshi va uning o‘rtasida raqibning kamida bitta yoki ikkita futbolchisi bor. Eldor oldinda qolib ketgan hujumchi sifatida hech narsa qilolmayapti. Buni tabiiy tushunish kerak.

Endi vaqt o‘tganidan keyin yoki Shomurodov ularning uslubiga moslashadi, yoki aksi. Yagona chora shu, deb bilaman. Hech qaysi top darajadagi futbolchi yangi jamoasida birdaniga avvalgidek o‘ynab keta olmaydi. Agar hamyurtimiz 2-3 oydan keyin ham maydonda o‘zini shunday noqulay his etsa, qandaydir muammo bor, deb gapirishimiz mumkin. Hozir muammo ko‘rmayapman. O‘zi hujumchimiz 2 ta uchrashuvda qatnashdi.

Misol uchun, 2 ta turda “Rostov”da ham o‘yini chiqmasligi mumkin edi. Rossiyada bir qancha muddat golsiz seriya o‘tkazdi. U “Rostov”ning o‘yiniga mos edi. Hujumlarda qatnashardi. Bu yerda “Jenoa” asosan himoyaga tayanmoqda. Eldor Shomurodovga hujumda yordam kerak. Uni to‘p bilan ta’minlash lozim. U kombinatsiya o‘ynaydigan hujumchi. Bir o‘zi butun boshli himoyaga qarshi harakatlanadigan futbolchi emas, ochilib, tezlashib ketib, orqadan start olib, yarimta qadamga oldinga o‘tib ketadigan hujumchi.

Buning uchun jamoa doimiy hujum qilishi darkor. Bunday harakatlar doim ham o‘xshab qolmaydi. Shu sababli, ozgina vaqt talab etiladi yoki “Jenoa” uning uslubiga moslashsin. Bu yaxshiroq variant. Sababi Eldor genuyaliklarning uslubiga moslashishi hujumchi uchun sal yomonroq bo‘ladi, uning gol urishi qiyinlashadi, - dedi Davron Fayziyev.

Davron Fayziyevning Eldor Shomurodov haqida aytgan gaplarini quyida tomosha qilishingiz mumkin:




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar