“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:34
ЎЗO‘Z

“Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti

24 okt, 07:00 2 614 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan “Spartak” jamoasini Rossiya premer-ligasining 12-turida qiyin o‘yin kutib turibdi. Moskvaliklar navbatdagi uchrashuvda o‘z maydonida har qanday raqibni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan “Krasnodar” mehmoni bo‘ladi.

“Spartak” kuni kecha Rossiya kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida quyi liga vakili “Yenisey”ga yutqazib qo‘ygandi. Moskvaliklar asosiy tarkibida jarohatlanganlar ko‘pligi uchun kubok o‘yinida asosan yosh futbolchilar o‘ynadi.

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov krasnodarliklarga qarshi muhim o‘yin oldidan lazaretdagi futbolchilar safga qaytib, jamoaga yordam berishiga ishonayotganini aytdi.

- Bir necha futbolchilar safdan chiqqandi. Bo‘lajak o‘yinda Oston O‘runov, Esekiyel Ponse, Samyuel Jigo va Georgiy Jikiya bizga yordam berishiga umid qilyapmiz, - dedi Shamil Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan edi. Shu bois, yarim himoyachimiz bosh jamoa tarkibida Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmadi. Shuningdek, “Spartak”ning ham ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi.

“Krasnodar” – “Spartak” uchrashuvi 24 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 102
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 149
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 242
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 486
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar