“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:03
ЎЗO‘Z

Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi

23 okt, 23:43 4 884 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 10 oylik tanaffusdan so‘ng AQSHdan O‘zbekistonga qaytib keldi.
Iqtidorli charm qo‘lqop ustasi “Zo‘r TV” telekanaliga bergan intervyusida muxlislarni qiziqtirgan qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Qo‘shiqchi Shahlo Ahmedova bilan o‘rtangizda qanday munosabat bor?
- Bu haqda avval ham aytganman, hozir ham aytaman, Shahlo bilan shunchaki do‘stmiz va oramizda do‘stlikdan boshqa hech qanday munosabat bo‘lmagan. Do‘stingiz bilan biron joyda birga ovqatlanishingiz yoki birga sayr qilishingiz, munosabatlar boshqacha tus olganini anglatmaydi.

- O‘zbek professional bokschilari orasida gonorar olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turasiz?
- Qancha gonorar olishimni ayta olmayman, ammo o‘zbek bokschilari orasida eng ko‘p gonorar olish bo‘yicha birinchi o‘rinda turaman.

- Siz faoliyat yuritayotgan promouterlik kompaniyasida yana qaysi o‘zbekistonlik bokschilar bor?
- Bektemir Meliqo‘ziyev, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng, UFCga ham o‘tish niyatingiz bormi?
- Hozircha yo‘q. Balki boksdagi faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng, o‘tishim mumkindir. Ayni damda mening bor e’tiborim, xayollarim kamarlarda.

- “Rio-2016”da qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar “Tokio-2020”da ham takrorlanishi mumkinmi?
- Hech narsa deya olmayman. Lekin bir narsani aniq aytishim mumkin, bunday oltin avlod o‘zbek boksida boshqa bo‘lmasa kerak. Bunday avlod, bunday natijalar...juda ham qiyin. Buning uchun ahillik kerak. Bokschilarning bir-biriga oqibati, trenerlarning o‘zaro hurmati bo‘lishi kerak. Ochig‘ini aytsam, hozir men hech kimda bu xususiyatlarni ko‘rmayapman. Bizning paytimizda birlik bor edi, hozir birlik yo‘qolgan. Hamma o‘zim bo‘lsam, deydi. Ko‘ramiz, agar Tokioda natija bo‘lsa, demak ular to‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi.

- Shohjahon Ergashev bilan jang qilishingiz mumkinmi? Agar bu jang bo‘lsa, u O‘zbekistonda o‘tkaziladimi?
- Agar shunday bo‘lsa, uni O‘zbekistonda o‘tkazishga harakat qilamiz. Negaki, bu bizning jang. Ikki o‘zbek bokschisining o‘zaro jangini butun O‘zbekiston ko‘rishi kerak. Lekin shu o‘rinda, bir narsani aytib o‘tmoqchiman, biz Shohjahon bilan do‘stmiz va o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi. Lekin ringda do‘st bo‘lmaydi, ringga chiqqach, qarshingizda faqat raqibingiz turadi.

Baxtiyorjon Toshtemirov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 233
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 92
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar