“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:53
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Hamidullayev: "Yigitlar bilan jiddiy gaplashib olamiz. Futbolni bunday o‘ynab bo‘lmaydi"

22 okt, 22:25 2 477 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Hamidullayev: "Yigitlar bilan jiddiy gaplashib olamiz. Futbolni bunday o‘ynab bo‘lmaydi" Coca-Cola Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor"-"Andijon" (6:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘yin boshida markaziy himoyachilarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita qo‘pol xatolarimiz tufayli gollar bo‘ldi, shu sababli yigitlar o‘yin boshida ruhan sinib qolib, so‘ngra o‘zlariga kela olishmadi. Lekin o‘yinda bunday hisob bo‘lishini kutmagan edik, o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, lekin o‘yin boshidagi ikki gol yigitlarga ruhan ta’sir qildi deb o‘ylayman.

— Ikkita goldan keyin javob goli ham bo‘ldi...
— Yigitlarga savollar ko‘p, qayta ko‘rib chiqamiz, yigitlar bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak. Bunday o‘ynab bo‘lmaydi futbolni. Yigitlarning xayollarida "Andijon"ning eski o‘yin uslubi qolib ketgan shekilli. Buni chiqarishga uringandik, so‘ngi o‘yinlarda yaxshi natijalar qayd etayotgan edik, ammo bugun yigitlar o‘sha eski holatga qaytib qolgandek ko‘rindi.

— Bugun o‘yin tomonlama "Andijon"ning kuni emas ekan, desak bo‘ladimi?
— Ha, bo‘ladi. Ikkinchi darvozabonimiz ham jarohat olib maydonni tark etdi, uning o‘rniga Olimov darvozani qo‘riqladi. Bugun bizning kunimiz emas, desak ham bo‘laveradi.

— Darvozabon Eldor Adhamov nega maydonni tark etdi?
— O‘tkazib yuborgan gollarimizda Eldorning ham aybi bo‘ldi. 1-2 vaziyatda qutqarsa bo‘lardi. Eldor ham himoyachilarimiz kabi o‘tkazilgan gollarda aybdor.

— Aslan Axrorovning sog‘lig‘i yaxshimi?
— Holati yaxshi, oyog‘i sinmagan. Aslan biz bilan keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiradi.

— "Andijon" bugun "Bunyodkor"ning pressingiga va hujumiga tayyor emasdek ko‘rindi...
— E’tibor qilgan bo‘lsangiz, "Bunyodkor"ning uchrashuvga tayyorlanish vaqti biznikidan bir kun kamroq bo‘lgan. Bizda dam olishga ham vaqt bo‘lgan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan edi, ammo birinchi o‘yin boshidagi ikki gol yigitlarni ruhan sindirib qo‘ydi, deb o‘ylayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 215
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 325
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 241
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar