“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov: "Reja — uchinchi o‘rin! Murtazoyevga qarsak chalish kerak. Nohaq bo‘lsam ham, maydonga chiqib ketgim keladi"

22 okt, 23:23 2 216 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov: "Reja — uchinchi o‘rin! Murtazoyevga qarsak chalish kerak. Nohaq bo‘lsam ham, maydonga chiqib ketgim keladi" Biroz avval Coca Cola Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga yetdi (1:2). O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"To‘g‘risini aytsam, "Mash’al" jamoasini juda hurmat qilaman, chunki mehnatkash va jangovar jamoa hisoblanadi. Tarkibida yulduzlar ko‘p bo‘lmasa ham, so‘nggi soniyagacha maydonning har bir qarichi uchun kurash olib boradi. Shu sababli bugungi o‘yin ham juda murakkab bo‘ldi. Shunga qaramay, safarda o‘zimiz uchun juda muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kiritdik.

O‘ylaymanki, bu g‘alaba muxlislar, rahbariyat, jamoamning ruhiyatini ko‘tardi va biz oxirigacha kurashish imkoniyatiga ega bo‘lyapmiz. Yigitlarga g‘alaba uchun tashakkur aytaman. To‘g‘ri, birinchi bo‘limda "Mash’al" yaxshiroq o‘ynadi, biz asosan himoyalanishga e’tibor qaratdik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish rejasi bor edi. Bu amalda o‘z isbotini topdi: ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, to‘p nazoratini qo‘lga oldik va gol urdik.

O‘z navbatida "Mash’al" jamoasiga qoyil qolish kerak. Mezbonlar yutqazib turgan vaziyatda bizni chuqur himoyalanishga majbur qilishdi. "Mash’al"ning o‘yini sababli taktik o‘zgarishlarni amalga oshirib, himoyachilar sonini orttirishga to‘g‘ri keldi. Oxirigacha kurashganimiz uchun o‘yin yakuniga yaqin g‘alaba golini kiritdik, deb o‘ylayman. Lekin, tan olishim kerak, bugun "Mash’al" durangga loyiq edi. Ajoyib o‘yin uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiraman va keyingi o‘yinlariga omad tilayman.

— Penalti belgilangan vaziyat haqidagi fikringiz?
Mening jamoam penalti tepdi. Murabbiy sifatida bundan xursandman. O‘sha vaziyatni ko‘rib chiqish kerak. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, bahsli vaziyatlarda ham to‘p jamoamda qolishini istayman, bizning foydamizga qaror chiqishini xohlayman. Shuning uchun emotsiyaga berilib nohaq bo‘lgan paytimda ham "ulardan chiqib ketdi, bizning to‘pimiz" deyishim mumkin. O‘yin payti qizishib ketasiz va boshqacha fikrlaysiz. Nohaq bo‘lsam-da, maydonga chiqib ketgim keladi. Shu sababli hozir vaziyatni ko‘rmasdan bir narsa deya olmayman. Hakamlar harakatini ko‘rib chiqadigan alohida qo‘mita bor. Lekin,

Ko‘rdingiz, o‘yinchi yiqildi, "Mash’al" futbolchisi to‘pga ulgurmadi. Menimcha, bizning vakilimiz to‘pga birinchi edi.

— "Qo‘qon-1912" jamoasi mavsumni nechanchi o‘rinda yakunlaydi, deb o‘ylaysiz?
So‘nggi 2 yilda "Qo‘qon" Superligada qolish uchun kurashgan edi. Gapning ochig‘i, mavsum boshidagi maqsadimiz autsayderlar qatorida bo‘lmaslik edi. Lekin, mavsum davomidagi ajoyib o‘yinlarimiz maqsadni o‘zgartirib, yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkonini taqdim qildi. Safardagi g‘alabadan xursandman. 3-o‘rinni egallash imkoniyati bo‘lsa, bundan foydalanish kerak. Barcha raqobatchilarimizda ham o‘yin taqvimi juda zich. Keyingi 2 o‘yinimiz AGMK va "Nasaf"ga qarshi bo‘ladi. Shu bahslar jamoamizning mavsumdagi taqdirini hal qilib beradi, deb o‘ylayman. Reja — 3-o‘rin!

— Hisob tenglashgan vaziyatda kim xatoga yo‘l qo‘ydi?
O‘yin yakunida raqiblar hujumga zo‘r berib, qanotlardan uzatmalarni ko‘paytirishini bilardik. Shu tufayli 3-himoyachini o‘yinga chiqardik. Ammo golga chanqoq Humoyun Murtazoyev himoyachilarimizning orasidan turib darvozani ishg‘ol qildi. Bu yerda faqat hujumchini olqishlashimiz kerak.

— So‘nggi turlarni neytral maydonda o‘tkazish fikriga qanday qaraysiz?
Bizga markazlashtirilgan tizimda o‘tkazilgan o‘yinlar omadli kelgan edi. Yana shunday bo‘ladigan bo‘lsa, men xursand bo‘laman. Qayerda yutib, qayerda imkoniyatni boy berishingizni bilmaysiz. Bizga farqi yo‘q. Jangovar o‘yin ko‘rsatsak, g‘alaba qozonish imkoniyatiga egamiz.

— Muxlislarning stadionlarga qaytarilganini inobatga olsak, har bir jamoa o‘z uyida o‘ynagani adolatli emas?
Adolatli, albatta. Muxlislarning stadionga qaytgani meni quvontirdi. Ularsiz o‘yinlarda shiddat pasayadi, fayz yo‘qolgandek bo‘ladi. Ammo birinchi davrada chempionatni o‘tkazishga mas’ul shaxslar va murabbiylar o‘rtasida 2-davrada ham 4 turni neytral maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha gaplashib olganmiz. Bu borada hozircha yakuniy to‘xtamga kelinmadi. Ammo qanday qaror qabul qilinsa, biz tayyormiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 7 ta oltin va 9 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi 18 мая, 19:19 227
  • O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi 18 мая, 18:59 93
  • Fil Foden APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi 18 мая, 16:43 61
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 132
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar