“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:38
ЎЗO‘Z

Yevropa futboliga ilk qadam. Shomurodov qanday o‘ynadi?

20 okt, 10:30 2 676 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropa futboliga ilk qadam. Shomurodov qanday o‘ynadi? Nihoyat, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli hujumchisi Eldor Shomurodov o‘zi orzu qilgani va muxlislar kutganidek, Yevropa futbolidagi debyutini nishonladi. Bu Eldorga ham, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham tarixiy voqea bo‘ldi.

Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridagi ilk uchrashuvini Italiyaning tarixiy maskanlaridan biri – Venetsiya provinsiyasi markazi Verona shahridagi “Stadio Mark-Antonio Bentegodi” stadionida, tarixi bir asrdan o‘tgan “Verona” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

A Seriyaning to‘rtinchi turidan o‘rin olgan ushbu bellashuv haqida gapirganda, katta ustunlik mezbonlar tomonida bo‘lganini ta’kidlash lozim. “Verona” uy uchrashuvlarida zo‘r o‘ynaydigan jamoa. O‘tgan mavsumda kuchli uchlikdan joy olgan “Atalanta”, “Inter” va “Yuventus” kabi qudratli klublar ham Veronadagi bellashuvlarda qimmatli ochkolarni tashlab ketgan edi.

Yaqinda “Jenoa”da koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazgani sezildi. Rolando Maran shogirdlari qiyin o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, bir ochko olganini yutuq sifatida baholash mumkin. Uchrashuv oldidan aksariyat muxlisu mutaxassislar veronaliklarning imkoniyatini juda yuqori baholayotgan edi.

Eldor Shomurodovning bahsni boshlang‘ich tarkibda boshlagani ham yoqimli syurpriz bo‘ldi. Genuyalik muxlislar o‘zbekistonlik legionerni ijtimoiy tarmoqlarga O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘yish orqali qo‘llab-quvvatlab, o‘z ishonch va ehtiromini izhor qildi. Eldor ham o‘yinda yo‘qolib qolgani yo‘q. U ilk uchrashuvidayoq maydonning turli burchaklarida kurashdi. Oldingi chiziqda, hujum tashkil qilishda, himoyalanishda jamoasiga yordam berdi. Ayniqsa, yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurashda o‘z ustunligini namoyish eta oldi. Mashhur hujumchi Goran Pandev hamyurtimizga dalda berib turdi. Umuman olganda, 63 daqiqa o‘ynagan Shomurodov harchand harakat qilsa ham, gol urolmaganiga qaramay, uning debyuti yomon chiqmadi.

“Jenoa” bosh murabbiyi Rolando Maran uchrashuvdan keyin Eldorning o‘yinini alohida e’tirof etdi.
- Shomurodov Italiya futboli haqida hali to‘liq tasavvurga ega emas. Shunga qaramay, men unga o‘yinda qatnashish imkonini berdim. U safimizga boshqa chempionatdan keldi va uning yangi tizimga moslashib olishi uchun vaqt kerak, albatta. Eldor, eng avvalo, sabrli bo‘lishi darkor. O‘yinda u birorta xatoga yo‘l qo‘ymadi, shuning uchun men unga o‘yin uchun minnatdorlik bildiraman, - deydi Rolando Maran.

“Verona”dagi golsiz durangdan so‘ng, Eldor Shomurodov jamoasi ochkolari sonini to‘rttaga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Veronaliklar esa, yettinchi ochkosini qo‘lga kiritib, yettinchi pog‘onaga joylashdi.

Genuyaliklar boshqa klublarga qaraganda, bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Agar “Jenoa” uchinchi turning qoldirilgan uchrashuvida hali birorta ochko jamg‘ara olmagan “Torino”ni mag‘lub eta olsa, kuchli sakkizlik safiga qo‘shiladi. Bu o‘yin 4 noyabrga belgilangan.

“Jenoa” 24 oktabrda bo‘ladigan beshinchi tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. Shu kuni Genuyada “Inter” jamoasining yulduzli tarkibi mehmon bo‘ladi. Demak, Eldor Shomurodovda Samir Xandanovich, Lautaro Martines, Romelu Lukaku, Ashraf Hakimi, Ivan Perishich, Arturo Vidal, Aleksis Sanches kabi jahon futboli yulduzlariga qarshi to‘p surish imkoni bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 1
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 0
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar