Bugun o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun kutilgan “Jenoa” ishtirokidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Bundan buyon hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan Genuya klubi bugun A Seriyaning 4-turida safarda “Verona” mehmoni bo‘ladi.
“Verona” – “Jenoa” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Ushbu o‘yinni “Futbol TV” telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.