“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:53
ЎЗO‘Z

“Jenoa” muxlislari talabi: Shomurodov boshlang‘ich tarkibda o‘ynasin!

18 okt, 20:29 3 744 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” muxlislari talabi: Shomurodov boshlang‘ich tarkibda o‘ynasin! Genuya shahriga joylashib olgan Eldor Shomurodov “Jenoa” tarkibida A Seriya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapti. Jamoaning koronavirusga chalingan o‘yinchilari kasallikdan tuzalib, birin-ketin safga qaytmoqda va mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarligini oshirishga e’tibor qaratyapti.

Pandemiya tufayli A Seriyaning “Torino”ga qarshi uchinchi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborgan genuyaliklar qisqa tanaffusdan so‘ng, navbatdagi bahsda 19 oktabr kuni safarda “Verona”ga qarshi maydonga tushadi. Veronaliklar ham Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgan edi.

“Jenoa” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodov haqidagi postlari orqali bu transferga o‘z munosabatini bildiryapti.
Eldor Shomurodov muxlislari e’tiboriga italiyalik muxlislaring fikrlarini havola qilishda davom etamiz.

Emilio Cavalera:
Qani Eldor! Formangni tikla, sen bizga juda keraksan!

Thiago Anna Maria:
Shomurodov A Seriyadagi o‘yini orqali O‘zbekiston va o‘zbek futbolini yaxshi tomondan tanitadi. Men ilgari bu mamlakatdan kuchli o‘yinchilar chiqqanini bilmasdim. Shomurodov Kolumb singari yo‘l ochuvchi bo‘ladi.

Emilia Calina:
2000 yillar o‘rtalarida biz V Seriyada ishtirok etardik va tarkibimizda Ilyos Zeytullayev o‘ynagan. Jamoamizda uzoq qolmagan va ko‘pchilik uni unutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Uni Italiyadagi birinchi o‘zbek futbolchisi, deyish mumkin. “Yuventus” akademiyasidan chiqqan Zeytullayev O‘zbekiston terma jamoasida to‘p tepardi.

Giacomo Pirani:
“Verona” bilan bellashuvda hech bo‘lmasa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilishiga umid qilaman. Yo‘qsa, hujumimiz zaifligi bilinib qoladi.

Fausto Toso:
Shomurodov keyingi paytda o‘z jamoasida gol ura olmayotgan edi. Lekin hozir bizning tarkibimiz cheklangan va u maydonga tushishi kerak.

Micaela Mazzoleni:
Koronavirus bilan og‘riganlar ko‘pligi uchun bor imkoniyatni ishga solish kerak. Yangi o‘yinchilarga ham imkoniyat berish darkor. Shomurodov asosiy tarkibda debyut qilishini istayman.

Davide Piras:
Menimcha, hujumda Pandev va Skamakka o‘ynaydi va zaxiradan maydonga tushadigan birinchi nomzod bu Shomurodov. U jamoa bilan endi mashg‘ulot o‘tkazyapti. Moslashib olishiga vaqt kerak.

Pippo Rossini:
Shomurodovni boshlang‘ich tarkibga qo‘yinglar! Raqibga nisbatan hujum chizig‘imiz zaif bo‘lib qolmasin!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar